April 26, 2023

Наши Лица: в кадре Жасурбек Нормаматов

Продолжаем знакомить вас с сотрудниками ERIELL Group в регулярной рубрике «Наши лица».

Сегодня мы расскажем о Жасурбеке Шомурзаевиче Нормаматове – инженере-электронике Каршинской экспедиции Группы компаний.

Свою карьеру в ERIELL Group он начал в 2014 году, сразу по окончании института, с должности электромеханика буровых установок, а спустя четыре года стал работать инженером-электроником.

Жасурбек Шомурзаевич интересовался электроникой и электротехникой с самой юности, поэтому без раздумий поступил на соответствующее отделение в вуз.

В обязанности нашего героя как инженера-электроника входит контроль за непрерывной и исправной работой всей электроустановки  и электроники бурового оборудования.

«Самая малейшая неисправность может привести к полной остановке всех работ на буровой. Поэтому наша работа важна, мы всегда должны быть готовы своевременно найти и исправить все неполадки», - делится Жасурбек Нормаматов.

К слову, наш коллега трудится непосредственно на тех объектах, где используется буровая установка ZJ 70 DBS с системой преобразования частоты переменного тока. Ее особенности заключаются в повышенной производительности и экономичности, а также высокой степени автоматизации. Всю цифровую электронику, исправную работу этой БУ и контролирует наш сегодняшний герой.

Главной ценностью своей деятельности в ERIELL Group Жасурбек Шомурзаевич считает высокий профессионализм коллег, взаимовыручку и дружный сплоченный коллектив.

«С самого начала моей карьеры я с ERIELL. Мне здесь всё нравится. Бригада – моя вторая семья, ведь мы вместе во время 15-дневной вахты. Я очень многому научился у коллег по своему направлению. Поступив на работу как ученик, теперь я – специалист, и горжусь своими успехами», – отмечает наш герой.

Свое свободное время Жасурбек Шомурзаевич посвещает семье и друзьям, проводя досуг дома или отправляясь на природу. Здоровье близких, их благополучие и радостные улыбки делают нашего героя по-настоящему счастливым.

🇺🇿 #BizningQiyofalar ruknida sizlarni ERIELL Group xodimlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bugun biz Kompaniyalar guruhi Qarshi ekspedisiyasining elektronika muhandisi Jasurbek Shomurzaevich Normamatov haqida so‘zlab beramiz.

U ERIELL Group kompaniyasidagi o‘z faoliyatini 2014 yilda, institutni bitirishi bilanoq, burg‘ulash qurilmasi elektr muhandisi sifatida,  to‘rt yil o‘tib esa elektronika muhandisi bo‘lib ishlay boshladi.

Jasurbek Shomurzaevich yoshligidan elektronika va elektrotexnika sohalariga qiziqqanligi bois, hech o‘ylanmay oliy ta'lim muassasining tegishli bo‘limiga o‘qishga kirdi.

Qahramonimizning elektronika muhandisi sifatidagi vazifalariga burg‘ulash uskunasining barcha elektrqurilma va elektronikaning uzluksiz va buzilmay ishlashini nazorat qilish kiradi.

“Eng kichkina nosozlik ham burg‘ulash uskunasidagi barcha ishlarni to‘liq to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, ishimiz g‘oyat darajada muhim, biz barcha kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga doim tayyor turishimiz kerak”, - deydi Jasurbek Normamatov.

Shuni ham aytish kerakki, hamkasbimiz bevosita o‘zgaruvchan tok chastotasini aylantirish tizimiga ega ZJ 70 DBS burg‘ulash qurilmasi ishlatiladigan ob'ektlarda mehnat qiladi.  Uning o‘ziga xos xususiyatlari oshirilgan unumdorlik va tejamkorlik, shuningdek, yuqori darajadagi avtomatlashtirishdan iborat. Bugungi qahramonimiz barcha raqamli elektronika, ushbu BQning buzilmay ishlashini nazorat qiladi.

Jasurbek Shomurzaevich hamkasblarining yuqori malakali professional ekanligi, bir-birini qo‘llash va ahil jipslashgan jamoani ERIELL Groupdagi faoliyatning asosiy  qadriyati deb hisoblaydi.

“Men faoliyatimni boshlaganimdan buyon ERIELL bilanman. Menga bu yerda hammasi yoqadi. Brigada – mening ikkinchi oilam, chunki, biz 15 kunlik vaxta davomida birgamiz. Men o‘z yo‘nalishim bo‘licha hamkasblarimdan ko‘p narsani o‘rgandim. Ishga kirishganimda o‘quvchi edim, endi esa men-mutaxassisman va o‘z yutuqlarim bilan faxrlanaman,”– deya ta'kidlaydi qahramonimiz.

Jasurbek Shomurzaevich o‘zining bo‘sh vaqtini uyda o‘tkazib yoki tabiat qo‘yniga chiqqan holda oilasi va do‘stlariga bag‘ishlaydi.

Yaqinlarining salomatligi, ularning farovonligi va shodiyona jilmayishi qahramonimizni chinakamiga baxtiyor qiladi.