October 4, 2021

Iqtidorli o‘quvchilarni UWC kollejlariga saralab olish

Hurmatli hamkasblar!

Xodimlar va ularning oila a'zolari to‘g‘risida qayg‘urish, ularga g‘amxo‘rlik qilish ERIELL kompaniyalar guruhining muhim vazifasi hisoblanadi. Ta'lim mavzusi, xususan eng iqtidorli bolalar uchun United World Colleges (UWC) xalqaro ta'lim kollejlarida tahsil olish dasturlaridan biri rahbariyatning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Kompaniyamiz ko‘magida 9 nafar nomzod UWC ta'lim harakatining baxtli talabalari qatoridan joy oldi, ya'ni ular Buyukbritaniya, AQSh, Italiya, Xitoy, Armaniston va Niderlandiyadagi kollejlarga o‘qishga kirdi.

Sizlarga kompaniya rahbariyati 2022-2024 akademik yillarga yangi saralash tanlovini e'lon qilganini ma'lum qilmoqchimiz.

UWC kollejlarida tahsil olish 2 yil davomida IB (International Baccalaureate) oliy ta'limdan oldingi tayyorgarlik dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta'lim dasturida ijtimoiy muhim loyihalar, ijod, tadqiqotlar, sport bilan shug‘ullanish orqali shaxsiy rivojlanish masalasiga katta e'tibor qaratiladi.

UWC kollejlarida o‘qish uchun quyida keltirilgan barcha talablarga javob beruvchi o‘quvchilar ariza topshirishi mumkin:

• ariza topshirish vaqtida umumiy o‘rta ta'lim maktabi yoki o‘rta maxsus o‘quv muassasining 9, 10 yoki 11 sinflarida tahsil olayotgan;

• 01.09.2004 yildan 31.08.2006 yilgacha bo‘lgan vaqtda tug‘ilganlar – o‘qishni boshlash vaqtida (2022 yilning 1 sentyabri) to‘liq 16 yoki 17 yoshga to‘lgan;

• ingliz tilini biladigan yoki uni zarur darajaga yetkaza oladigan (kollejlarda ta'lim ingliz tilida olib boriladi);

• o‘qishga qobiliyati bo‘lgan va o‘zlashtirish darajasi yaxshi bo‘lgan;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Tanlov bir necha bosqichdan iborat:

• 2021 yil 6 noyabrga qadar – zapolnenie onlayn-zayavki na angliyskom yazike na sayte UWC O‘zbekiston saytidagi onlayn-arizani ingliz tilida to‘ldirish (arizani tayyorlashga kamida 7 kun ajratishingizni tavsiya qilamiz).

• Mantiqiy fikrlash darajasini onlayn-testdan o‘tkazish. Testdan o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida o‘tish mumkin. U dastlabki tayyorgarlikni talab etmaydi, biroq vaqti chegaralangan va veb-kamera bo‘lishi zarur.

• 2021 yil dekabr' oyida bo‘lib o‘tadigan video-interv'yu.

• 2022 yil yanvar' oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy saralash bosqichi (shaxsan ishtirok etish shart).

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan bolalar UWCning dunyoning 17 ta mamlakatida faoliyat yuritayotgan 18 ta kollejlaridan birida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

ERIELL guruhi ta'lim dasturlari tufayli farzandlarimiz oliy ta'limdan oldingi ta'limni xalqaro darajada olish, o‘zi uchun yangi bilimlar, madaniyat, dunyoqarashlar xazinasini kashf qilishi, oilasining faxri va XXI asr O‘zbekistonining munosib fuqarosiga aylanishi mumkin.

Dasturga doir to‘liq ma'lumotlarni UWC Uzbekistanning quyidagi manzildagi saytidan olishingiz mumkin: https://www.uz.uwc.org. O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan shuningdek uzbekistan@uwcnc.org elektron manzili orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.