February 25

ERIELL: Руководящие кадры получают современные знания по «Управлению персоналом»

ERIELL: Руководящие кадры получают современные знания по «Управлению персоналом»

Сегодня, 25 февраля, завершает своё обучение в Ташкенте очередная группа руководителей подразделений ERIELL Group. Участники получили знания по «Управлению персоналом».

Это уже третьи курсы по данному направлению, которые проходят в Образовательном центре ERIELL prof education с начала 2022 года. Всего их намечено провести 7 с участием начальников отделов и служб, главных инженеров, энергетиков, технологов, механиков, координаторов проектов и других руководящих специалистов ERIELL Group.

По традиции новых участников курсов приветствовал руководитель НОУ ERIELL prof education доктор педагогических наук, профессор Юсуф Абдуллаев. Он также в рамках этого курса проводит лекцию по корпоративной культуре и профессиональной этике.

За три насыщенных образовательных дня руководители подразделений тщательно изучили основы современного понятия компетенций, управленческих навыков и функций менеджмента. Лекции по данным темам проводил профессор кафедры «Менеджмент» Академии государственного управления при Президенте Республики Узбекистан, д.э.н. М.Б. Хамидулин.

«Я очень рад быть на этих курсах и, надеюсь, возьму для себя многое из того, что здесь преподаватели объясняют нам. Честно говоря, когда мы учились, такого в вузах еще не преподавали. Оказывается ещё многому нужно учиться для эффективного общения с людьми, получения от них обратной связи. Это играет роль в большем понимании внутри команды и эффективности работы в компании в целом», - отмечает главный инженер Устюртской экспедиции Умид Ризокулов.

Уникальностью отличается подход доктора политических наук, профессора Алишера Файзулаева к подаче знаний по таким направлениям, как «Коммуникация в организации», «Лидерство и командообразование».

Много вопросов было задано специалистами компании по таким темам, как формирование и управление человеческими ресурсами организации; стили и системы руководства персоналом; формирование и развитие команды, организация её эффективной деятельности.

Большой интерес участников вызвали занятия под руководством основателя консалтинговой компании в области управления персоналом «Business Foresight» Гузал Акрамовой, посвященные развитию эмоционального интеллекта и его использованию в управлении персоналом, эмоциональной грамотности руководителя.

В подготовке курсов учитывалась специфика работы подразделений ERIELL, в частности, нахождение объектов компании в различных регионах, в том числе, удаленных. Значительный упор был сделан на развитие инициативы у сотрудников, принятие решений в управлении персоналом, развитие корпоративной культуры и профессиональной этики.

«Думаю, после прохождения курса «Управление персоналом» у меня постоянно будет интерес к этой теме. Большая благодарность руководству компании за организацию таких курсов. Считаю, что эти новые знания помогут росту эффективности моей команды, повышению отдачи от специалистов. Это так важно – выстроить правильный уровень общения с людьми, когда вы понимаете друг друга с полуслова. Считаю, таких тренингов должно быть больше, особенно с такими интерактивными элементами, которые позволяют быстрее освоить новую информацию», - считает начальник геологического отдела Управления КРС Даниэль Хазиев.

Кроме обучения, по традиции ERIELL prof education, участников каждого курса ожидает культурное событие. На этот раз им стало посещение комедийного спектакля «Ужарлар» одного из старейших театров Ташкента - Узбекского национального академического драматического театра.

ERIELL: Rahbar kadrlar “Xodimlarni boshqarish” bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmoqda

Bugun, 25 fevral kuni Toshkentda ERIELLGroup bo‘linmalari rahbarlarining navbatdagi guruhi o‘qishni tugatmoqda. Ishtirokchilar “Xodimlarni boshqarish” bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldi.

Bu joriy yil boshidan buyon ERIELL prof education o‘quv markazida o‘tkazilayotgan mazkur yo‘nalishdagi uchinchi o‘quv kurslaridir. ERIELL Group bo‘lim va xizmatlari boshliqlari, bosh muhandislari, energetiklari, mexaniklari, loyihalar koordinatorlari va boshqa rahbar mutaxassislar ishtirokida jami 7 ta o‘quv kursi tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

An'anaga ko‘ra o‘quv kurslarining yangi ishtirokchilarini ERIELL prof education rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor Yusuf Abdullaev qutladi. Mazkur kurs doirasida u ham korporativ madaniyat va kasb etikasi bo‘yicha ma'ruzalar o‘tkazmoqda.

Uchta mazmuni boy ta'lim kuni davomida bo‘linma rahbarlari bilimlar, boshqaruv ko‘nikmalari va menejment funksiyalariga oid zamonaviy tushunchalarni batafsil o‘rgandi. Mavzuga oid ma'ruzalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi «Menejment» kafedrasi professori, i.f.d. M.B. Xamidulin tomonidan olib borildi.

«Men mazkur kurslarda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman va umid qilamanki, bu yerda o‘qituvchilar bizlarga berayotgan bilimlarning aksariyatini o‘zlashtiraman. To‘g‘risini aytganda, biz o‘qigan paytimizda bular oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmagan. Odamlar bilan samarali muloqot, ulardan teskari aloqa olish uchun hali ko‘p narsa o‘rganish kerak ekan. Bu jamoadagi o‘zaro anglashuv va umuman olganda kompaniyada ish samaradorligiga erishishda muhim rol' o‘ynaydi», - deydi Ustyurt ekspedisiyasining bosh muhandisi Umid Rizokulov.

Siyosiy fanlar doktori, professor Alisher Fayzulaevning «Tashkilotdagi kommunikasiya», «Etakchilik va jamoani shakllantirish» kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim berishga bo‘lgan yondashuvi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Kompaniya mutaxassislari tomonidan tashkilotning inson resurslarini shakllantirish va boshqarish, xodimlarni boshqarish usullari va tizimlari, jamoani shakllantirish va rivojlantirish, uning samarali faoliyatini tashkillashtirish singari mavzularda ko‘plab savollar berildi.

Xodimlarni boshqarish sohasidagi «Business Foresight» konsalting kompaniyasi asoschisi Go‘zal Akramova rahbarligidagi emosional intellektni rivojlantirish va undan xodimlarni boshqarishda foydalanish, rahbarning emosional savodxonligiga bag‘ishlangan darslar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Kurslarga tayyorgarlik ko‘rishda ERIELL bo‘linmalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, kompaniya ob'ektlari turli mintaqalarda joylashganligi, jumladan olisdagilari hisobga olindi. Xodimlarda tashabbusni rivojlantirish, xodimlarni boshqarishda qarorlar qabul qilish, korporativ madaniyat va kasb etikasini rivojlantirishga urg‘u berildi.

«O‘ylaymanki, “Xodimlarni boshqarish” kursidan so‘ng menda doimiy ravishda bu mavzuga qiziqish bo‘ladi. Bunday kurslarni tashkil qilayotgan uchun kompaniya rahbariyatiga ulkan minnatdorchilik izhor qilamiz. Bu yangi bilimlar jamoam samaradorligi oshishiga, mutaxassislarning mehnat unumdorligini ortishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. Insonlar bilan bir-biringizni bir og‘iz gapdan tushunadigan muloqot darajasini yo‘lga qo‘yish juda muhim. Fikrimcha, bunday treninglar ayniqsa yangi axborotni tezroq o‘zlashtirish imkonini beruvchi bunday interaktiv elementlarga ega treninglar ko‘proq o‘tkazilishi kerak», - deydi QKT Boshqarmasi geologiya bo‘limi boshlig‘i Daniel Xaziev.

ERIELL prof education an'anasiga ko‘ra, o‘qishdan tashqari har bir kurs ishtirokchisini madaniy hodisa kutmoqda. Bu safar ular Toshkentning eng qo‘hna teatrlaridan biri bo‘lgan O‘zbek milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, “O‘jarlar” komedik spektaklini tomosha qildi.