May 30, 2023

Месячник ООС на объектах ERIELL Group

Месячник ООС на объектах ERIELL Group

ERIELL Group на протяжении своей деятельности показывает пример ответственного подхода к охране окружающей среды и устойчивому развитию. В рамках Всемирного дня охраны окружающей среды, который отмечается 5 июня, компания провела месячник на объектах производственной деятельности.

Мероприятия, организованные Группой компаний, были направлены на привлечение внимания к проблемам экологии и охраны окружающей среды. В рамках месячника инженеры-экологи провели разъяснительные беседы с персоналом бригад и инструктажи по защите флоры и фауны. Они поделились с сотрудникам своими знаниями и опытом в области охраны окружающей среды, чтобы повысить осознанность и понимание важности бережного отношения к природе.

ERIELL Group осознает свою ответственность перед обществом и стремится соблюдать самые высокие международные стандарты охраны окружающей среды на своих объектах. Группа компаний придерживается принципов устойчивого развития, интегрируя их во все аспекты своей деятельности.

ERIELL Group ob'ektlarida AMM oyligi

ERIELL Group o‘z faoliyati davomida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga mas'uliyat bilan yondashish namunasini ko‘rsatib kelmoqda. 5 iyun kuni nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni doirasida kompaniya ishlab chiqarish maydonlaridagi ob'ektlarda oylikni o‘tkazdi.

Kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga e'tiborni jalb etishga yo‘naltirilgan. Oylik doirasida muhandis-ekologlar tomonidan brigada tarkibi bilan o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish suhbatlari o‘tkazildi, ko‘rsatmalar berildi. Tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish muhimligini anglashi va tushunishini oshirish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘zlarining bilim va tajribalarini xodimlar bilan bo‘lishdi.

ERIELL Group kompaniyasi jamiyat oldidagi mas'uliyatini anglaydi va o‘z ob'ektlarida atrof-muhitni muhofaza qilishning eng yuqori xalqaro standartlariga rioya qilishga harakat qiladi. Kompaniyalar guruhi barqaror rivojlanish tamoyillarini o‘z faoliyatining barcha jabhalariga integratsiya qilish orqali ularga amal qiladi.