August 15, 2022

#НашиЛица: В кадре - Дилмурод Уринович Олимов

#НашиЛица: В кадре - Дилмурод Уринович Олимов

ERIELL Group продолжает знакомить вас со своими сотрудниками в рубрике #Нашилица. Сегодня наш герой – Дилмурод Уринович Олимов – главный специалист Проектного отдела Управления капитального ремонта скважин ERIELL Group.

Его карьера в компании началась 1 марта 2021 года. Дилмурод Уринович быстро освоился с рабочими задачами и стал разбираться в нюансах этого направления. Сегодня в должностные обязанности специалиста входит нормирование и защита объемов капитального и текущего ремонта.

Как поделился Дилмурод Уринович, работая в ERIELL Group, он познакомился с профессионалами своего дела, обрел новые знания и повысил квалификацию и в настоящее время сконцентрирован на текущей работе Проектного отдела.

«Для меня самое важное в работе – это порядок, своевременное выполнение поставленных задач, отзывчивый коллектив и карьерный рост», – рассказал специалист.

Любимая работа и семья – базовые ценности нашего героя, которые помогают ему в жизни: «Счастье для меня – это счастливый брак, когда твои любимые родные люди здоровы и счастливы».

#BizningQiyofalar: Kadrda - Dilmurod O‘rinovich Olimov.

ERIELL Group #BizningQiyofalar ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz ERIELL Group quduqlarni kapital ta'mirlash boshqarmasining loyihalash bo‘limi bosh mutaxassisi Dilmurod O‘rinovich Olimov.

Uning kompaniyadagi faoliyati 2021 yil 1 martdan boshlangan. Dilmurod O‘rinovich xizmat vazifalariga tezda ko‘nikdi va bu yo‘nalishning nozik jihatlarini anglay boshladi. Bugungi kunda mutaxassisning xizmat vazifalari kapital va joriy ta'mirlash bo‘yicha ish hajmlarini tartibga solish va himoya qilishni o‘z ichiga oladi.

Dilmurod O‘rinovichning so‘zlariga ko‘ra, u ERIELL Groupda ishlash davomida o‘z ishining mohir ustalari bilan tanishdi, yangi bilimlarga ega bo‘ldi va malakasini oshirdi. Ayni paytda u loyiha bo‘limining joriy ishlariga e'tibor qaratmoqda. «Men uchun ishda eng muhimi – bu tartib, oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, ahil jamoa va xizmat pillapoyasidan odimlashdir», – deydi mutaxassis.

Sevimli ishi va oilasi qahramonimiz hayoti mazmuniga aylanib, uning hayoti davomida duch keladigan muammolarning yechimini topishda yordam beradi: «Men uchun baxt - bu baxtiyor oila, yaqinlarim sog‘lom va baxtli bo‘lishidir», deydi u.