July 7, 2022

#Одиндень с: директором Департамента проектного управления РБЕ СА

#Одиндень с: директором Департамента проектного управления РБЕ СА

Сегодня мы провели один день с Лазизом Исмоиловичем Хасановым — директором Департамента проектного управления РБЕ СА.

Лазиз Исмоилович Хасанов работает в ERIELL Group с 2009 года. Специалист начинал свою карьеру с должности руководителя проекта в ООО «ЭРИЭЛЛ НЕФТЕГАЗСЕРВИС» в городе Москве.

Свой рабочий день Лазиз Исмоилович начинает с проверки электронных писем, корпоративной почты и рабочих Telegram-чатов. Затем идёт изучение текущей сводки проводимых работ на объектах бурения, освоения, мониторинга вышкомонтажных работ, аварийных и осложненных скважин. Ежедневно Лазиз Исмоилович участвует в обсуждениях с коллегами текущих вопросов и предварительных решений.

Рабочий день нашего героя заканчивается после 20 часов вечера, когда решены все рабочие вопросы, обсуждены запланированные за день поручения, рассмотрены задачи в системе 1С, а также спланированы задачи на следующий день.

Отвечая на вопрос о своей миссии в ERIELL Group, Лазиз Исмоилович признается, что в Компании он всегда занимался проектами. Основная его миссия заключалась в завершении проекта в установленные сроки, в рамках определенного бюджета, с удовлетворением требований Генерального Заказчика, а, самое главное, рентабельность проекта должна быть на высоком уровне.

В основные обязанности директора Департамента проектного управления входят:
- руководство и контроль над работой Департамента проектного управления;
- постоянный анализ и оценка рисков в проектах;
- выдача заключения о возможности реализации проекта;
- прогнозирование результатов, определения целей и задач, поставленных во время создания проекта;
- ведение финансового и аналитического учёта;
- контроль над соблюдением условий проекта (график работ, выполняемость поставленных задач, выполнение бизнес-плана (производственной программы, соблюдения бюджета);
- эффективное сотрудничество с Заказчиком, Поставщиками услуг, Надзорными/Контролирующими органами, Структурными подразделениями Компании;
- усовершенствование методологии управления проекта.

«В своей работе руководствуюсь принципами, обязательствами и целями Политики Компании», – отмечает Лазиз Исмоилович.

«Самое важное в работе – качественное выполнение поставленных задач, постоянное повышение эффективности, инициативность, решительность и честность».

Говоря о необходимых навыках для работы на должности, Лазиз Исмоилович подчёркивает: «Исходя из специфики работ Компании, обязательно нужно иметь опыт и представление обо всех производственных процессах нефтегазодобывающей промышленности, а также навыки управления этими процессами».

Конечно, непредвиденные ситуации могут возникнуть на любом производстве, но трудности нашего героя не пугают: «Управляя проектами, мы часто сталкиваемся с непредвиденными ситуациями, но решаются они максимально в короткие сроки, за счёт установленных связей со структурными подразделениями Компании, экспедициями, управлениями вспомогательного производства, а также Заказчиками и Поставщиками. За успешным решением всех возникших непредвиденных ситуаций стоит многолетний опыт и, конечно же, поддержка коллег».

«Начинающим сотрудникам Компании советую не унывать, не ждать быстрых продвижений, максимально быть информированным, пытаться решать все возникшие вопросы, и вдобавок четко и своевременно докладывать вышестоящему руководителю информацию о проводимой работе».

Лазиз Исмоилович признается, что в жизни ему очень помогает высказывание Генри Форда: «Если тебе тяжело, значит ты поднимаешься в гору. Если тебе легко, значит ты летишь в пропасть».

O‘rta Osiyo mintaqaviy biznes birligi Loyiha boshqaruvi departamenti direktori bilan #BirKun

Bugun biz bir kunimizni O‘rta Osiyo mintaqaviy biznes birligi Loyiha boshqaruvi departamenti direktori Laziz Ismoilovich Xasanov bilan o‘tkazdik.

Laziz Ismoilovich Xasanov ERIELL Group kompaniyasida 2009 yildan beri ishlab kelmoqda. Mutaxassis o‘z faoliyatini Moskvadagi "ERIELL NEFTEGAZSERVICE" MChJda loyiha menejeri sifatida boshlagan.

Laziz Ismoilovich ish kunini elektron pochta, korporativ pochta va Telegram’dagi ishchi chatlarni tekshirishdan boshlaydi. Keyin burg‘ulash, o‘zlashtirish maydonchalarida olib borilayotgan ishlarning joriy xulosasini o‘rganadi, montaj ishlarini, avariyali va murakkab quduqlarning monitoringini o‘tkazadi. Laziz Ismoilovich har kuni hamkasblari bilan dolzarb masalalar va dastlabki qarorlarni muhokama qilishda ishtirok etadi.

Qahramonimizning ish kuni soat 20:00 dan keyin yakunlanadi. Kun yakunida barcha ish masalalari hal etiladi, kun uchun rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilinadi, 1C tizimidagi vazifalar ko‘rib chiqiladi va keyingi kun uchun vazifalar rejalashtiriladi.

ERIELL guruhidagi missiyasi haqidagi savolga javob berar ekan, Laziz Ismoilovich kompaniyada har doim loyihalar bilan shug‘ullanganini tan oladi. Uning asosiy vazifasi loyihani o‘z vaqtida, ma’lum byudjet doirasida, Bosh Buyurtmachining talablarini qondirgan holda yakunlashdan iborat, eng muhimi, loyihaning rentabelligi yuqori darajada bo‘lishi lozim.

Loyiha boshqaruvi departamenti direktorining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- loyiha boshqaruvi departamenti ishini boshqarish va nazorat qilish;
- loyihalardagi risklarni doimiy ravishda tahlil qilish va baholash;
- loyihani amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida xulosa berish;
- natijalarni prognozlash, loyihani yaratishda belgilangan maqsad va vazifalarni aniqlash;
- moliyaviy va tahliliy hisobni yurtish;
- loyiha shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (ishlar jadvali, topshiriqlarning bajarilishi, biznes-rejaning bajarilishi (ishlab chiqarish dasturi, byudjetga muvofiqligi);
- buyurtmachi, xizmatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar, Tekshiruvchi/nazorat qiluvchi organlar, Kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish;
- loyihalarni boshqarish metodologiyasini takomillashtirish.

“Men o‘z ishimda Kompaniya siyosatining tamoyillari, majburiyatlari va maqsadlariga amal qilaman”, – deydi Laziz Ismoilovich.

“Ishda eng muhimi – qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarish, ish samaradorligi, tashabbuskorlik, qat’iyat va halollikni muntazam ravishda oshirib borishdir”

Laziz Ismoilovich lavozimda ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida gapirar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Kompaniya faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, neft va gaz sanoatidagi barcha ishlab chiqarish jarayonlari bo‘yicha tajriba va tushunchalarga, shuningdek, ushbu jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish juda muhim"

Albatta, har qanday ishlab chiqarishda kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin, ammo qahramonimiz qiyinchiliklaridan qo‘rqmaydi: "Loyihalarni boshqarishda biz ko‘pincha kutilmagan vaziyatlarga duch kelamiz, ammo ular tuzilmaviy bo‘linmalar, ekspeditsiyalar, yordamchi ishlab chiqarish bo‘limlari, shuningdek, mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan o‘rnatilgan aloqalar tufayli imkon qadar tez muddatda hal qilinadi.. Barcha yuzaga kelgan kutilmagan vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal etish ortida ko‘p yillik tajriba va, albatta, hamkasblarning qo‘llab-quvvatlashi turadi”.

“Kompaniyada endigina ish boshlayotgan xodimlarga maslahatim, ko‘nglingizni cho‘ktirmang, tezda ko‘tarilib ketishni o‘ylamang, imkon qadar xabardor bo‘ling, yuzaga kelgan barcha muammolarni hal qilishga harakat qiling va bundan tashqari, bajarilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni yuqori turuvchi rahbarga aniq va o‘z vaqtida yetkazing”.

Laziz Ismoilovichning aytishicha, Genri Fordning quyidagi gapi unga hayotda ko‘p marotaba yordam bergan: “Agar sizga qiyin bo‘lsa, demak siz tog‘ning cho‘qqisiga chiqyapsiz. Agar oson bo‘lsa, demak siz jarlikka qulayapsiz."