September 13, 2021

ERIELL Group: Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar

🇺🇿 ERIELL Group tomonidan «Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar» nomli rukn ishga tushirilmoqda. Bugun biz Sizlarga burg‘ulash vaqtida quduqdan olinadigan material, ya'ni kern haqida so‘zlab bermoqchimiz.

Bugun biz Sizlarga burg‘ulash vaqtida quduqdan olinadigan material - kern haqida so‘zlab bermoqchimiz. Saralab olingan jins orasida ko‘pincha juda chiroyli namunalar ham uchrab turadi.

Kern geologik jinslarning fizik-kimyoviy xossalari va ulardagi foydali qazilmalarga doir ma'lumotlar manbasi hisoblanadi. Mazkur silindr shaklidagi namuna quduqdan uni burg‘ulash chog‘ida halqasimon burg‘ulash dolotosiga ega kern saralab oluvchi yordamida olinadi.

Material uglevodorod konlarini ishlashni rejalashtirish, zahiralarni hisob-kitob qilish va ishlov berishning texnologik ko‘rsatkichlarini bashorat qilish uchun zarur bo‘lgan ob'ektlarning geologik-matematik modellarini yaratish imkonini beradi.

Xususan, kern — bu yer qa'rining geologik tuzilishi, cho‘kindi yig‘ilishining shart-sharoitlari, tog‘ jinslarining ashyoviy tarkibi va ularda uglevodorod bor yoki yo‘qligiga doir ma'lumotlar manbaidir.

Ko‘p hollarda kernni saralab olish jinsni ustunli deb ataluvchi to‘liq po‘lat quvur yordamida burg‘ulash vaqtida amalga oshiriladi, kernni sarab olish bilan birga kuzatiladigan burg‘ulash esa ustunli deb ataladi.

Kernni saralab olish bo‘yicha operatsiya texnologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Kernni saralash vaqtida jinsni burg‘ulash halqa bo‘ylab sodir bo‘ladi va kernni qabul qiluvchi jinsning halqa ichida hosil bo‘ladigan ustunchasi bilan to‘qnashadi. Kern namunalari quvurga nisbatan zarar yetmagan holatda kiritiladi, bu jinsning tabiiy fizik va mexanik xossalarini saqlab qolish uchun muhimdir.

Kernni qabul qiluvchiga tushmay qolgan putur yetgan jins quduqqa burg‘ulash nasosi yoki kompressor orqali haydaladigan yuvish suyuqligi yoki siqilgan havo (gaz) bilan yuzaga chiqariladi. Kern mustahkamlanadi, zaboydan ajratib olinadi va yuzaga chiqariladi.

Ko‘tarib olingan kernning hammasiga batafsil ta'rif berilib, u saqlash uchun kern omboriga yuboriladi. Keyinchalik kern laboratoriyada tadqiq va tahlil (kimyoviy, spektral, petrografik va boshqa tahlillar) qilinadi.