Konlarni obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
🇺🇿 "2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" loyihasi doirasida ERIELL Group "O‘zbekneft'gaz" AJ tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda konlarni obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Somontepa" konining 131-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108x8 mm va umumiy uzunligi 1650 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatidagi Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Alon" konining 210-sonli qudug‘ini obodonlashtirish yakuniga yetkazildi.
Muborak neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasining diametri 530x10 mm va «Zevardi» BVN-8r dan «Zevardi» DKS-2 gacha uzunligi 4,61 km bo‘lgan kollektor gaz quvuri EKH vositalariga ulandi.
Buxoro viloyatidagi Gazli neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Doyaxotin" konining 99-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108x8 mm va umumiy uzunligi 967 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi.