September 12, 2022

ERIELL: Завершены обучающие курсы австралийской компании MICROMINE Pty Ltd в Самарканде

ERIELL: Завершены обучающие курсы австралийской компании MICROMINE Pty Ltd в Самарканде

С 5 по 10 сентября прошли обучающие курсы для геологов, инженеров, геодезистов и маркшейдеров, в том числе и для специалистов ERIELL Group.

Занятия и семинары организованы австралийской компанией MICROMINE Pty Ltd совместно со специалистами IT-центра Самаркандского Международного Технологического Университета, с целью формирования навыков работы в программном обеспечении Micromine Origin.

Micromine – это передовое программное обеспечение в области геологоразведки и 3D проектирования горных выработок, которое помогает геологам получить всестороннюю картину данных по проекту, способствует повышению эффективности работ на перспективных площадях и увеличивает вероятность успеха проекта.

Соглашение о сотрудничестве с Micromine Pty Ltd было подписано 5 августа 2022 года в городе Душанбе. Семинары и тренинги успешно проведены Станиславом Совиным – специалистом регионального управления Micromine Origin в Узбекистане. В рамках обучающего курса, группе слушателей, успешно завершивших курс, вручены сертификаты.

ERIELL: Samarqandda Avstraliyaning MICROMINE Pty Ltd kompaniyasi o‘quv kurslari yakunlandi

5-10 sentyabr kunlari geologlar, muhandislar, geodezistlar va marksheyderlar, jumladan ERIELL Group mutaxassislari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mashg‘ulot va seminarlar Avstraliyaning MICROMINE Pty Ltd kompaniyasi tomonidan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti IT-markazi bilan hamkorlikda Micromine Origin dasturiy ta'minotida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Micromine – bu geologiya-qidiruv va tog‘ ishlanmalarini 3D loyihalash sohasidagi ilg‘or dasturiy ta'minot bo‘lib, u geologlarga loyiha bilan bog‘liq ma'lumotlarning har tomonlama ko‘rinishini olishga yordam beradi, istiqbolli?maydonlardagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va loyiha muvaffaqiyati ehtimolini oshiradi.

Micromine Pty Ltd bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv joriy yilning 5 avgust kuni Dushanbe shahrida imzolangan. Seminar va treninglar Micromine Originning O‘zbekistondagi mintaqaviy boshqarmasi mutaxassisi Stanislav Sovin tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘quv kursi davomida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.