March 15, 2022

Наши Лица: В кадре - Умид Ризокулов

Наши Лица: В кадре - Умид Ризокулов

Продолжаем знакомить вас со специалистами компании в рубрике #НашиЛица.

Умид Сафтарович Ризокулов - главный инженер Устюртской экспедиции ERIELL Group.

Работает в компании с 2010 года, начинал свою карьеру с должности бурового мастера в Новоуренгойском филиале Компании. В 2014 году перевёлся на Устюртский участок начальником производственного технологического отдела.

Сегодня в обязанности Умида Сафтаровича входит организация работ и контроль за выполнением перспективных и текущих планов технологической подготовки производства, строгое соблюдение установленных технологических процессов, выявление нарушений технологической дисциплины и принятие мер по их устранению.

В качестве Главного инженера, Ризокулов обеспечивает принятие мер по совершенствованию технологии бурения и крепления скважин, проектированию и внедрению технологических систем, средств охраны окружающей среды, комплексной механизации и автоматизации производственных процессов, применению нестандартного оборудования, своевременному освоению проектных мощностей, соблюдению нормативов использования оборудования.

Для выполнения этих ответственных задач, безусловно, нужна слаженная командная работа, не только собственный профессионализм, но и серьёзная квалификация, а также ответственность тех, кто работает под твоим руководством. Неудивительно, что те, кто ежедневно вместе выполняет сложную работу, зачастую становятся не только надежными коллегами, но и друзьями.

«Работая в нашей компании, я обрёл колоссальный опыт и нашёл новых друзей. Кроме того, эта работа позволила подняться по карьерной лестнице. Я рад, что выбрал профессию, которая привела меня именно в ERIELL Group. Здесь я познакомился с замечательными людьми, многому научился. Самое ценное для меня в этой в работе — уверенность, что твой труд никогда не останется не замеченным».

За более чем 10 лет работы в компании Умид Сафтарович получил опыт работы во множестве проектов. Так, в Ново-Уренгойском филиале он участвовал в освоении Ачимоских в рамках проекта «АРКТИКГАЗ» на Самбургском и Яро-Яхинском месторождениях. Затем, уже работая на Устюртском участке Ризокулов принимал самое непосредственное участие в реализации целого ряда проектов. В их числе: строительство скважин на месторождениях «Сургуль», «Куйи Сургиль», «Арслан», «Инам», «Северный Бердах» и «Восточный Бердах», зарезка боковых стволов для восстановления работоспособности скважин на месторождениях «Урга», «Акчалак» и «Кукчалак».

Пройдя такой серьёзный путь, Умид Ризокулов не только значительно вырос, как профессионал, но и сделал, основываясь на обретенном опыте, собственные выводы о своих жизненных ценностях.

«Для меня очень важным в работе являются отзывчивый коллектив, карьерный рост, стабильная и достойная зарплата», - отмечает наш герой.

Также кратко и очень ёмко он характеризует своё понятие счастья, которое для него заключается в семейном благополучии и стабильное работе в сплочённом коллективе.

Bizning Qiyofalar: Kadrda - Umid Rizokulov

#BizningQiyofalar ruknida sizlarni kompaniya mutaxassislari bilan tanishtirishda davom etamiz

Umid Saftarovich Rizokulov - ERIELL Group Ustyurt ekspedisiyasi bosh muhandisi.

U kompaniyada 2010 yildan beri ishlaydi, mehnat faoliyatini kompaniyaning Noviy Urengoy filialida burg‘ulash ustasi lavozimidan boshlagan. 2014 yilda Ustyurt uchastkasiga ishlab chiqarish-texnologik bo‘lim boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.

Bugungi kunda Umid Saftarovichning majburiyatlariga ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish, istiqbolli va joriy rejalar amalga oshirilishini nazorat qilish, belgilangan texnologik jarayonlarga qat'iy rioya qilish, texnologik intizom bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralanini ko‘rish kiradi.

Bosh muhandis sifatida Rizokulov quduqlarni burg‘ulash va mustahkamlash texnologiyasini takomillashtirish, texnologik tizimlar, atrof-muhit muhofazasi vositalarini loyihalashtirish va joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizasiya qilish va avtomatlashtirish, nostandart uskunalardan foydalanish, loyiha quvvatlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirish, uskunadan foydalanish normativlariga rioya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini ta'minlaydi.

Ushbu mas'uliyatli vazifalarni bajarish uchun shubhasiz jamoaning hamjihatlikdagi ishi, nafaqat yuksak darajadagi professionallik, balki jiddiy malaka, shuningdek qo‘l ostida ishlayotganlarning mas'uliyati ham zarur. Har kuni birga murakkab ishlarni amalga oshiruvchilar nafaqat ishonchli hamkasblar, balki yaqin do‘stlarga aylanishi ham ajablanarli emas.

«Kompaniyamizda ishlash asnosida men katta tajribaga ega bo‘ldim va yangi do‘stlar orttirdim. Bundan tashqari, bu ish menga xizmat pillapoyasidan ko‘tarilish imkoniyatini ham berdi. Meni ERIELL Group ga olib kelgan kasbni tanlaganimdan nihoyatda mamnunman. Bu yerda men ajoyib insonlar bilan tanishdim, ko‘p narsalarni o‘rgandim. Men uchun ishda eng qadrlisi — bu mehnatim hech qachon baholanmasdan qolib ketmasligiga bo‘lgan ishonchdir».

Kompaniyadan 10 yildan ziyod vaqt davomida ishlab kelayotgan Umid Saftarovich ko‘plab loyihalarda ish tajribasiga ega bo‘ldi. Shu tariqa, Noviy Urengoy filialida u «ARKTIKGAZ» loyihasi doirasida Samburg va Yaro-Yaxinsk konlaridagi achimov konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etdi. Keyinchalik esa Ustyurtsk uchastkasida ishlash davomida Rizokulov qator loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etdi. «Surgul», «Quyi Surgil», «Arslon», «Inom», «Shimoliy Berdaq» va «Sharqiy Berdaq» konlarida quduqlar qurish, «Urga», «Akchalak» va «Kukchalak» konlaridagi quduqlar ish faoliyatini tiklash uchun yon ustunlarni kesish shular jumlasidan.

Shunday jiddiy yo‘lni bosib o‘tgan Umid Rizokulov nafaqat professional jihatdan o‘sdi, balki orttirilgan tajribasiga tayanib, hayotiy qadriyatlar xususida o‘z xulosalariga ega bo‘ldi.

"Men uchun ishda eng asosiysi doim yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor jamoa, xizmat pillapoyasidan odimlash, barqaror va munosib ish haqidir», - deydi qahoamonimiz.

Shuningdek, u baxt tushunchasiga juda qisqa va ma'noli ta'rif berdi. Uning uchun baxt oilaviy farovonlik va ahil jamoada barqaror ishlashdan iborat.