May 17

ERIELL Group поддержала организацию вечера памяти Эдварда Ртвеладзе

ERIELL Group поддержала организацию вечера памяти Эдварда Ртвеладзе

16 мая 2022 года в Ташкенте состоялся вечер, посвященный 80-летию со дня рождения «Титана археологии» Эдварда Ртвеладзе. Мероприятие организовано при поддержке ERIELL Group.

В Доме кинематографистов собрались те, кто хорошо знает и помнит выдающегося ученого, археолога, академика, доктора исторических наук, научного руководителя проекта «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира» Э.В. Ртвеладзе.

Организатором мероприятия выступило Всемирное общество по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана. Партнёрами мероприятия стали Академия наук Республики Узбекистан, Министерство туризма и культурного наследия Республики Узбекистан.

В рамках мероприятия презентован пилотный выпуск книги воспоминаний «Памяти Эдварда Ртвеладзе», куда вошло более 50 статей его коллег, друзей, родных и близких, а также презентация фильма «Наедине с историей». В фильм вошли редчайшие кадры, связанные с жизнью и полевой деятельностью выдающегося академика.

В мероприятии приняли участие и выступили первый заместитель председателя Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан Садык Сафаев, председатель редколлегии проекта «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира», академик Акмаль Саидов, Вице-премьер Республики Узбекистан Азиз Абдухакимов, Председатель правления Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана Фирдавс Абдухаликов, Чрезвычайный и Полномочный посол Грузии в Узбекистане Зураб Абдушелишвилли и профессор, представитель компании ERIELL Group Юсуф Абдуллаев.

Эдвард Васильевич исследовал колоссальные пласты истории и культуры Центральноазиатского региона, старые и новые маршруты Великого Шёлкового пути. Ученый написал более 800 научных трудов, изданных как в Узбекистане, так и за рубежом.

За свою научную деятельность он награждён Государственной премией Узбекистана имени «Беруний» в 1985 году, орденом «Буюк хизматлари учун» в 2001 году, орденом «Меҳнат шухрати» в 2003 году и орденом «Эл-юрт хурмати» в 2017 году. Кроме того, награжден орденом чести Республики Грузия – «Гирдебис оредени».

Одно из наиболее известных археологических открытий последних лет, сделанное Эдвардом Ртвеладзе, – портовый город Александрия Оксианская конца IV века до н. э., существовавший на территории Сурхандарьи до начала I в. н.э.

Учёный принял участие в более чем 100 археологических экспедициях в Средней Азии и на Северном Кавказе. Ртвеладзе создал в конце 1990-х годов Тохаристанскую археологическую экспедицию, возобновившую исследования античного городища Кампыртепа, где впервые в археологической практике Средней Азии было осуществлено полное вскрытие городища, выявлена его планировка и структура городской застройки кушанского времени.

В последние годы Э.В. Ртвеладзе работал научным руководителем проекта «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира». Под его руководством издано 50 иллюстрированных книг-альбомов серии «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира».

Он также работал над серией книг «Архитектурная эпиграфика Узбекистана», «Историческая библиотека», «Выдающиеся учёные Узбекистана» в рамках проектов Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана.

В апреле 2020 года скончалась супруга Ртвеладзе - археолог, архивист Лидия Ртвеладзе. Эдвард Васильевич Ртвеладзе посвятил своей супруге совсем недавно вышедшую книгу «Лидия Львовна Ртвеладзе. Жизнь, наука, семья». Эдвард Ртвеладзе скончался 10 февраля текущего года.

ERIELL Group kompaniyasi Edvard Rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kechani tashkil etishda homiylik qildi.

2022 yilning 16 may kuni Toshkent shahrida «Arxeologiya dahosi» bo‘lmish Edvard Rtveladze tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir ERIELL Group kompaniyasi homiyligida tashkil etildi.

Kinematograflar uyida taniqli olim, arxeolog, akademik, tarix fanlari doktori, «O‘zbekiston madaniy merosi jaxon to‘plamlarida» loyihasining ilmiy rahbari E.V. Rtveladzeni yaxshi bilgan va taniganlar yig‘ildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjaxon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov «Edvard Rtveladze xotirasi» nomli xotira kitobining dastlabki pilot nashrini taqdim etdi. Kitob olimning hamkasblari, do‘stlari, oila a'zolari va yaqinlari tomonidan yozilgan 50 dan ortiq maqolani o‘z ichiga olgan.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi tahririyat kengashi raisi, akademik Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjaxon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, Gruziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili ishtirok etishdi va marhumni yod olib so‘zga chiqishdi.

Edvard Vasil'evich Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yo‘lining eski va yangi yo‘llarini tadqiq etgan. Olim O‘zbekistonda va xorijda chop etilgan 800 dan ortiq ilmiy maqolalarga mualliflik qilgan.

Ilmiy faoliyati davomida turli mukofot va ordenlar bilan taqdirlangan, jumladan, 1985 yilda Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2017 yilda “El-yurt xurmati” orden. Bundan tashqari, Gruziya Respublikasining sharaf ordeni - "Girdebis Oredeni" bilan taqdirlangan.

Edvard Rtveladzening so‘nggi yillardagi eng mashhur arxeologik kashfiyotlardan biri miloddan avvalgi IV oxirida asos solingan Oks Aleksandriyasidir. Qadimiy shahar milodiy I asr boshlarigacha Surxondaryo hududida mavjud bo‘lgan.

Olim O‘rta Osiyo va Shimoliy Kavkazda 100 dan ortiq arxeologik ekspedisiyalarda qatnashgan. Rtveladze 1990 yillar oxirida Toxariston arxeologik ekspedisiyasini tuzib, qadimiy Kampirtepa manzilgohida tadqiqotlarni qayta tiklagan, bu yerda O‘rta Osiyo arxeologik amaliyotida birinchi marta aholi punktining to‘liq ochilishi amalga oshirilgan, uning joylashuvi va Kushonlar davriga oid shahar tuzilmasi aniqlangan.

So‘nggi yillarda E.V. Rtveladze “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasining ilmiy rahbari vazivasini bajargan. Uning rahbarligida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumiga oid 50 ta kitob-al'bom nashr etilgan.

O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjaxon jamiyati loyihalari doirasida “O‘zbekistonning me'moriy epigrafikasi”, “Tarixiy kutubxona”, “O‘zbekistonning atoqli olimlari” turkum kitoblari ustida ham ishlagan.

Afsuski, 2020 yil aprel' oyida olimning rafiqasi - arxeolog va arxivchi Lidiya Rtveladze vafot etdi. Edvard Vasilevich Rtveladze o‘zining yaqinda nashr etilgan "Lidiya L'vovna Rtveladze. Hayot, iml, oila” kitobini rafiqasining xotirasiga bag‘ishlagan edi.

Edvard Rtveladze joriy yilning 10 fevralida vafot etgan edi.