November 9

Виват Узбекистан, виват Франция, виват Авиценна: в медицинской академии Франции установлен бюст Абу Али Ибн Сино

Виват Узбекистан, виват Франция, виват Авиценна: в медицинской академии Франции установлен бюст Абу Али Ибн Сино

В Париже состоялась торжественная церемония вручения премии AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE. Награды вручал Президент медицинской академии Франции господин Тран Ба Хюи. На церемонии присутствовал также Посол Республики Узбекистан во Франции Сардор Рустамбаев.

Всемирным обществом по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана при поддержке Посольства Республики Узбекистан во Франции в тронном зале Совета директоров Медицинской академии Франции установлен бронзовый бюст Авиценны. Бюст установлен в знак признательности и глубочайшего уважения к памяти выдающегося ученого. Участники церемонии поблагодарили Узбекистан и Всемирное общество и Посольство Узбекистана во Франции за эту инициативу.

«Выражаем особую благодарность попечительскому совету Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана, за вклад в реализацию этого проекта. Этот бюст, который стоит перед вами, прошу принять как символ нашего сотрудничества и подарок от имени узбекского народа. Это событие останется в истории и станет достойным вкладом для молодого поколения в изучении наследия великого ученого Авиценны», - сказал Чрезвычайный и Полномочный Посол Республики Узбекистан во Франции Cардор Рустамбаев.

«Я очень рад принимать участие в церемонии и высоко приветствую инициативу Всемирного общества об установлении Бюста Авиценны в Академии медицины Франции. Авиценна безусловный гений узбекской земли, но также важная часть европейского и общемирового наследия. Я глубоко благодарен вашей стране за установление еще одного культурного моста между Узбекистаном и Францией», - отметил на церемонии установления бюста Авиценны профессор университета Парижа Жоэль Шандилье.

«Установка бюста выдающегося гуманиста Авиценны в Академии медицины Франции для всех нас большая честь и гордость! Сегодня Узбекистан, глубоко осознавая важность научного и духовного наследия, оставленного великими мыслителями и учеными, уделяет их наследию больше внимания, чем когда-либо прежде. Это вызывает восхищение! Виват Узбекистан, виват Франция, виват Авиценна!», - поделился исламовед, эксперт Национального центра научных исследований Франции Карим Ифрак.

Также в Большом амфитеатре Медицинской академии в Париже состоялась торжественная церемония вручения Международной премии «Авиценна».
В этом году высокой награды «за содействие философским и медицинским исследованиям и сотрудничеству между странами Европейского Союза, Средиземноморья и Центральной Азии» удостоены представители Евросоюза, стран Средиземноморья и стран Центральной Азии. Среди награжденных – наш соотечественник, председатель попечительского совета Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана Бахтиёр Фазылов. Премию вручил Президент медицинской академии Франции господин Тран Ба Хюи.

"Мы знаем, что Всемирное общество реализует ряд крупных проектов, и уделяет большое внимание изучению трудов великого Авиценны. И нами принято решение отметить этот благородный и нелегкий труд. Я хотел бы поблагодарить Всемирное общество и лауреата премии Бахтиёра Фазылова за его усилия по сохранению культурного наследия Узбекистана и его популяризации за рубежом", - сказал Президент AVICENNE-France, исполнительный секретарь премии Марк Боннель.

AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE была учреждена в 2015 году «за содействие философским и медицинским исследованиям и сотрудничеству между странами Европейского Союза, Средиземноморья и Центральной Азии». Он награждает ученых и/или деятелей, которые своими исследованиями, публикациями, а также практической работой внесли свой вклад в ознакомление с работой великого мыслителя Авиценны или работали над установлением мира и/или развитием культурного сотрудничества.

В числе лауреатов премии имени Авиценны в этом году оказался и председатель попечительского совета Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана, руководитель международной нефтесервисной компании ERIELL Бахтиер Фазылов. Представителя Узбекистана наградили «за содействие философским и медицинским исследованиям и сотрудничеству между странами Европейского Союза, Средиземноморья и Центральной Азии».

Компания ERIELL и лично Бахтиёр Фазылов на протяжении пяти лет являются спонсорами Всемирного общества по сохранению, изучению и популяризации культурного наследия Узбекистана. В 2018 году, в том числе благодаря компании ERIELL, в Узбекистане спустя почти 30 лет удалось возродить хоккей. В 2020 году в Узбекистане под патронатом ERIELL впервые прошел отбор студентов в колледжи международной сети UWC. Сам Бахтиёр Фазылов внес существенный вклад в борьбу Узбекистана с коронавирусом.

Yashasin O‘zbekiston! Yashasin Fransiya! Yashasin Ibn Sino: Fransiya tibbiyot akademiyasida Abu Ali Ibn Sino byusti o‘rnatildi

Parijda AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE (Xalqaro Avisenna – Ibn Sino mukofoti) bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlarni Fransiya Tibbiyot akademiyasi Prezidenti janob Tran Ba Xyui topshirdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboev ham ishtirok etdi.

Shuningdek, AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE sovrinini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Fransiya tibbiyot instituti akademiyasining direktorlar kengashi taxt zalida Abu Ali ibn Sinoning bronza byustini o‘rnatdi. Byust buyuk olim xotirasiga minnatdorlik va chuqur hurmat belgisi sifatida o‘rnatildi. Marosim ishtirokchilari O‘zbekistonga va Jahon jamiyatiga ushbu tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Biz O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatiga ushbu loyihani amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. Ko‘z oldingizda turgan ushbu byustni o‘zbek xalqi nomidan hamkorligimiz ramzi sifatida qabul qilishingizni so‘rayman. Bu voqea tarixda qoladi va yosh avlodlarga ulug‘ olim Ibn Sino merosini o‘rgatish faoliyatiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboev.

“Men marosimda ishtirok etganimdan juda mamnunman va Jahon jamiyatining Fransiya Tibbiyot akademiyasida Ibn Sino byustini o‘rnatish bo‘yicha tashabbusini yuksak ma'noda qadrlayman. Ibn Sino o‘zbek zaminining so‘zsiz dahosi, ayni paytda uning merosi Yevropa va jahon merosining muhim qismidir. O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida yana bir madaniy ko‘prik o‘rnatgan mamlakatingizdan chuqur minnatdorman, – dedi Parij universiteti professori Joel Chandile byustini o‘rnatish marosimida.

“Fransiya Tibbiyot akademiyasida buyuk insonparvar olim Ibn Sino byustining o‘rnatilishi barchamiz uchun katta sharaf va g‘ururdir! Bugun O‘zbekistonda buyuk mutafakkir va allomalar qoldirgan ilmiy-ma'naviy merosning ahamiyatini chuqur anglagan holda, ularning merosiga har qachongidan ham ko‘proq e'tibor qaratilmoqda. Bu hayratlanarli! “Vivat” O‘zbekiston, “Vivat” Fratsiya, “Vivat” Ibn Sino!” – deya ta'kidladi islomshunos olim, Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazi eksperti Karim Ifrak.

Shuningdek, Parijdagi Tibbiyot akademiyasining Katta amfiteatrida Xalqaro “Avisenna” mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda “Evropa Ittifoqi, O‘rtaer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi falsafiy va tibbiy tadqiqotlar hamda hamkorlikni rag‘batlantirish uchun” mazkur oliy mukofot turli mamlakatlar vakillariga topshirildi. Mukofotlanganlar orasida hamyurtimiz, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasini amalga oshirayotgan Baxtiyor Fozilov ham bor. Mukofotni Fransiya Tibbiyot Akademiyasi prezidenti janob Tran Ba Xui ham ishtirok etdi.

“Biz bilamizki, Butunjahon jamiyati bir qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda va buyuk Ibn Sino asarlarini o‘rganishga katta e'tibor qaratmoqda. Biz bu ezgu va mashaqqatli ishni amalga oshirayotgan insonlarni munosib taqdirlashga qaror qildik. Men O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va uni xorijda targ‘ib qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun Butunjahon jamiyatiga va Baxtiyor Fozilovga minnatdorlik bildiraman”, – dedi “AVICENNE-France” prezidenti va mukofotning ijrochi direktori Mark Bonnel.

“AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE” mukofoti 2015 yilda “Evropa Ittifoqi, O‘rta Yer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi falsafiy va tibbiy tadqiqotlar hamda hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida ta'sis etilgan. U o‘z tadqiqotlari va nashr qilgan kitoblari orqali buyuk musulmon mutafakkiri Ibn Sino ijodini o‘rganishga hissa qo‘shgan, tinchlik o‘rnatish va/yoki madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan olimlar va/yoki shaxslarga beriladi.

Bu yilgi Avisenna mukofoti laureatlari orasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon hamjamiyati Vasiylik kengashi raisi, ERIELL xalqaro neft' servis kompaniyasi rahbari Baxtiyor Fazilov ham bor. O‘zbekiston vakili “Evropa ittifoqi, O‘rtaer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda falsafiy va tibbiy tadqiqotlarga ko‘maklashgani uchun” taqdirlandi.

ERIELL kompaniyasi va shaxsan Baxtiyor Fazilov besh yil davomida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon hamjamiyatining homiylari hisoblanadi. 2018 yilda xususan ERIELL kompaniyasi tufayli O‘zbekistonda qariyb 30 yil o‘tib, xokkeyni tiklashga muvaffaq bo‘lindi. 2020 yilda O‘zbekistonda ERIELL homiyligida ilk bor UWC xalqaro tarmog‘i kollejlariga talabalar tanlab olindi. Baxtiyor Fazilovning o‘zi O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashishida muhim hissa qo‘shgan.