August 10, 2021

#Ob'ektlarbo‘ylabsayohat

"O‘zbekiston Mustaqilligi" investisiya blokiga taalluqli mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Surhan Gas Chemical Operating Company operator-kompaniyasi tomonidan uglevodorod zahiralarini aniqlash maqsadida "Mustaqillikning 25 yilligi" konida baholash quduqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun burg‘ulash bo‘yicha pudratchi sifatida Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi va Yaqin Sharq hududidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega ERIELL Group kompaniyasi jalb qilindi. Quduqlarni qurish uchun serovodorod agressiyasi, qatlamning anomal bosimi va harorati sharoitlarida ishlashga mo‘ljallangan yuk ko‘tarish quvvati yuqori bo‘lgan o‘ziga xos qurilma tayyorlandi.