October 8, 2021

O‘ta chuqur quduqlar burg'ulash

🇺🇿 Yer yuzasi yoki inson qo‘li yetmaydigan yer yuzasi yoki yer osti qaziladigan joyidan burg‘ulab olingan dumaloq kesimli tog‘ qazilmasi quduq deb ataladi. Quduqlar turlari yo‘naltirilganligi bilan farq qilib, vertikal, gorizontal, qiya quduqlarga bo‘linadi. Quduq boshlanishi uning og‘zi, tubi zaboy, ichki yon yuzasi esa devorlar deb ataladi. Quduqlar diametri 25 mm dan 3 metrgacha bo‘ladi. Quduqlar yon stvollar (YoS), jumladan gorizontal yon stvollar (G‘YoS)ga ega bo‘lishi mumkin.

Chuqurligi bo‘yicha quduqlar mayda (500 m gacha), o‘rta (500-1500 m), chuqur (1500-5000 m), o‘ta chuqur (5000 m dan ortiq)larga bo‘linadi.

O‘ta chuqur quduqlarni burg‘ulash murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun noan'anaviy muhandislik yechimlaridan foydalaniladi. Misol uchun, burg‘ulash ustunining pastki qismiga o‘rnatiladigan mini-turbinalar yoki vintli mexanizmlar. Ular quduqqa bosim ostida yuboriladigan burg‘ulash eritmasi yordamida harakatga keltiriladi. Bunda quduqning o‘zi aylanmaydi. Ustun tayyorlash, uning og‘irligini kamaytirish uchun maxsus yengil, biroq mustahkam va yuqori haroratga chidamli alyuminiy yoki titan eritmalar qo‘llaniladi. Ular po‘latdan ikki va undan ko‘p barobar yengilroq bo‘lishi mumkin.

Katta chuqurliklardagi qatlam harorati 100-200 gradusdan oshishi sababli bunday quduqlarda ishlash uchun maxsus asbob-uskunalar zarur bo‘ladi: metall detallar va birikmalar, smazkalar, burg‘ulash eritmasi, maxsus o‘lchov apparatlari (oddiy elektronika 150°S haroratdayoq ishlamaydi). Suv asosidagi burg‘ulash eritmalari 230-250°S ortiq haroratda texnologik xususiyatlarini yo‘qotadi va ularni uglevodorod asosidagi eritmalarga almashtirish kerak bo‘ladi.

ERIELL Group mutaxassislari aynan shunday o‘ta chuqur quduqlarni burg‘ulash bilan shug‘ullanadi. Farg‘ona vodiysidagi «Tergachi» koni (Jizzakh Petroleum loyihasi)dagi geologiya-qidiruv qudug‘i shular jumlasidan. Uning loyiha chuqurligi 6000 metrni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtga qadar uning 4200 metri muvaffaqiyatli burg‘ulandi. Mazkur konda shuningdek uzunligi 500 metr va stvol bo‘ylab uzunligi 6500 metr bo‘lgan gorizontal stvolli gorizontal quduqni burg‘ulash rejalashtirilmoqda.

Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha ravishda "Mingbuloq" konining loyiha chuqurligi 7000 metr bo‘lgan og‘ir konstruksiyali (quduq diametri 800 mm) va o‘ta murakkab tog‘-geologiya sharoitlariga ega (zaboy harorati 300°S , qatlam bosimi 1200 atmosfera, serovodorod miqdori 6%) 18-sonli o‘ta chuqur quduq qurilishi loyihalashtirilmoqda.