«O‘zbekiston Mustaqilligining 25-yilligi» loyihasida rekordli burg‘ulash
🇺🇿 «O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi» loyihasining 36-brigadasi sutkalik kavlab borishni bajarish bo‘yicha navbatdagi yangi salmoqli muvaqqiyatlarga erishdi. 616 m lik marrani egallab, burg‘ulash qurilmasi xodimlari nafaqat loyiha, balki umuman olganda O‘zbekiston bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga asos solganlar maqomiga erishdi.
ERIELL Group tomonidan ob'ektlarda ilg‘or texnikalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, «O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi» loyihasidagi quduqlar qurilishi DQ-500 yuqori kuchli uzatma bilan jihozlangan ZJ-70DBS burg‘ulash uskunasida amalga oshirilmoqda. U eng raqobatbardosh hisoblanadi, chunki burg‘ulash davomida mehnat harajatlaini sezilarli darajada kamaytiruvchi yuqori unumdorlik, tejamlilik, yuqori avtomatlashish darajasiga ega. , ERIELL Group loyiha boshqaruvi departamenti mutaxassislari, loyihaning muhandislik tarkibi va buyurtmachi Surhan Gas Chemical Operating Company mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan yeng miqyosli muhandislik ishlari rekord o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi.
Jinsni parchalovchi asbob sifatida nominal diametri 406,4 mm bo‘lgan beshta parrakli olmos doloto tanlanib, uning afzalliklaridan biri yuqori darajadagi zarbabardoshlilik va abrazivga chidamlilik hisoblanadi.
Burg‘ulash brigadasi ishchilarining birgalikdagi sa'y-harakatlari, ko‘nikmalari va mehnatsevarligi, "O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi» loyihasi ishlab chiqarish xizmatlarining ob'ektga jalb qilingan har bir xodimining mas'uliyati, shuningdek ERIELL Group tomonidan ilg‘or burg‘ulash texnologiyalar joriy etilgani rekordlarni yangilash va sutkalik kavlab borish bo‘yicha 616 m lik ko‘rsatkich va burg‘ulash bo‘yicha o‘rtacha 41,06 m/s mexanik tezlikka erishishga xizmat qildi.
Ma'lumot uchun: «O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi» loyihasining o‘ziga xos jihati shundaki, O‘zbekistonda, umuman olganda MDH bo‘yicha ham bunday konlar barmoq bilan sanarli. U boshqalaridan qatlam bosimi yuqoriligi (65 Mpa gacha), tarkibida serovodorod (H2S) — 7,3% karbonat angidrid gazi (SO2) — 12,7% miqdori ko‘pligi, shuningdek murakkab geologik tuzilishi bilan farq qiladi. Qatlamlar 450 gradusgacha burchak ostida joylashgan, bitta kondagi qatlamlarda chuqurliklar joylashuvi turlicha (500 m gacha) bo‘lishi mumkin.