November 4, 2021

O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligidan minnatdorlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburgdagi Bosh konsuli A.K. Xatamov «ERIELL NEFTEGAZSERVIS»ga o‘zbek xalqining hayotidagi muhim siyosiy voqeani o‘tkazishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun chuqur minnatdorchilik izhor qiladi.

24 oktyabr' kuni Yekaterinburgda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunidan tashqari «ERIELL NEFTEGAZSERVIS» kompaniyasi o‘z ovoz berish maydonchasini tashkil qilib, filialda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini amalga oshirishga yordam berdi.

Noviy Urengoy filiali direktori I.U. Yusupov:

«Biz uchun kompaniyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarish va ularga fuqarolik burchini bajarishga yordam berish muhim edi. Prezident saylovlari – mamlakat hayotidagi muhim siyosiy voqea, shuning uchun biz hamkasblarimizga ushbu tadbirda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etishni o‘z burchimiz deb bildik. Saylovlar barcha reglamentlarga rioya qilgan holda, xavfsiz va qulay sharoitlarda o‘tkazildi».