December 8, 2021
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
🇺🇿 Joriy yilning 8 dekabr' kuni Bosh qomusimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29-yilligi nishonlanadi! Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati va davlatning demokratik tuzumi foydasiga tanlov belgilab qo‘yilgan, u har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qiladi.
Shu munosabat bilan ERIELL Guruhi barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-totuvlik, ezgulik, ularning xonadonlariga esa fayzu baraka, barcha boshlagan ishlarida omad tilab qoladi! Har bir kun bizni maqsadimiz hamda O‘zbekiston taraqqiyoti va gullab-yashnashi yo‘lidagi xayrli o‘zgarishlar sari yetaklashiga tilakdoshmiz!