«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» kitob-al'bomlari xorijiy kutubxonalarga yo‘l oladi
🇺🇿 Yetakchi xorijiy muzeylar, kutubxonalar va ilmiy institusiyalar sovg‘a tariqasida «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga kiruvchi kitob-al'bomlarni oladi. 35 ta jildni olish uchun sertifikatlar O‘zbekiston kutubxonalari va muzeylariga ham topshirilgan.
22 oktyabr' kuni xalqaro mediaxollda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy kuzatuvchilar va ekspertlar uchun tashkil etilgan "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Butunjahon hamjamiyatining xorijiy a'zolariga tantanali ravishda O‘zbekiston mustaqilligining 30-yillik yubileyiga bag‘ishlangan esdalik nishonlari hamda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumiga kiruvchi kitob-al'bomlarining 35 ta jildini olish uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.
Loyihani yaratish tashabbusi O‘zbekiston rahbariyatiga tegishli bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad nafaqat mamlakatimiz, balki chet elda ham saqlanayotgan barcha madaniy boyliklarni namoyish etishdan iborat.
ERIELL Group «O‘zbekiston madaniy boyligi – yangi Tiklanish asosi» Butunjahon hamjamiyati tashkil etilgandan buyon loyiha hamkori hisoblanib, uni faol ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi madaniy merosni asrash va boyitish masalalari O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi tufayli muvaqqiyatli tarzda rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, kitob-al'bomlarni tarqatish bo‘yicha aksiya bundan keyin ham davom etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobidan kitobning 10 ming nusxasi chop etilib, tarqatildi, bu esa o‘z navbatida mamlakat rahbariyati tomonidan uning madaniy merosiga e'tibor qaratish yo‘lida qo‘yilgan amaliy qadamlardan ekanidan dalolatdir. Shuningdek, fursatdan foydalanib, loyihamizga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatib kelayotgan o‘zgarmas hamkorimiz – Eriell Group kompaniyasiga minnatdorlik izhor qilmoqchiman», — dedi Butunjahon hamjamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduholiqov.
«Yaqinda mening ilmiy-pedagogik faoliyatimga 60 yil to‘ladi. Men Koreya, Hindiston, Misr, AQShda ishlaganman, biroq «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasiga o‘xshash loyihani uchratmaganman. U go‘zallik va insoniylik orqali shunday ko‘p qutbli, turfa olam vakillarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniyamiz deyarli loyiha tug‘ilgan vaqtdan boshlab uni qo‘llab-quvvatlab kelayotganidan faxrlanaman. U buyuk ajdodlarimizning bebaho va nodir asarlariga yangi hayot baxsh etishiga ishonchim komil», — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi ERIELL Group ekspert-badiiy kengashi raisi, professor, doktor Yusuf Abdullaev.
Dunyoning yetakchi muzeylari, kutubxonalari va ilmiy institusiyalaridan tashqari kitob-al'bomlar va faxriy nishonlar xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan elchixonalari orqali Butunjahon hamjamiyati a'zolariga shaxsan topshiriladi.