«O‘zbekneft'gaz» AJ ob'ektlarida obodonlashtirish davom ettirilmoqda
"2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" doirasida ERIELL Group mutaxassislari tomonidan konlarni obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, Buxoro viloyatidagi Gazli neft' va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Doyaxotin" konining 85-sonli qudug‘ini obodonlashtirish ishlari yakunlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi «Quyi Surgil» konida 16-sonli quduq foydalanishga topshirildi. Diametri 108x6 mm va umumiy uzunligi 1092 pm bo‘lgan shleyfli gaz quvuri qurilishi amalga oshirildi. «Doyaxotin» konining 92-sonli qudug‘idan kirish iplari bloki (KIB)gacha diametri 108x8 mm va umumiy uzunligi 1324 pm bo‘lgan o‘tkazilgan quvur ulandi.
Shu bilan birga, mazkur loyiha bo‘yicha Qashqadaryo viloyati «O‘rtabuloq» konining 239-sonli qudug‘i qurilishi yakunlandi. «2017-2021 yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» doirasidagi ishlar ERIELL Group va «O‘zbekneftgaz» AJning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari bilan davom ettirilmoqda.