November 29, 2021

PRO ERIELL: Bangladesh loyihasida burg'ulash qurilmalari

🇺🇿 ERIELL Group loyihalarida ilg‘or texnika, jumladan burg‘ulash unumdorligi va samaradorligi yuqori bo‘lgan burg‘ulash qurilmalaridan foydalanadi. Ular xavfsizlik, avtomatlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan zamonaviy burg‘ulash uskunasi va ilg‘or tozalash texnologiyasiga ega qattiq faza tarkibini nazorat qilish tizimi bilan jihozlangan.

Burg‘ulash qurilmalari API standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan bo‘lib, maxsus lak-kraska qoplamasiga ega. Ular nafaqat nam muhit, balki atrof-muhit harorati diapazoni -55°C dan +55°C gacha bo‘lgan quruq iqlim sharoitlarida ishlashga ham mo‘ljallangan.

Xitoyda ishlab chiqarilgan ZJ70LDB #2007-79 burg‘ulash qurilmasi O‘zbekiston Respublikasidagi burg‘ulash ob'ektlarida 2008 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, keyinchalik 2012-2018 yillarda Bangladesh Xalq Respublikasi «Begumgandj», «Semutang», «Shaxbazpur», «Shrikail», «Sundorpu», «Rashidpur» konlaridagi quduqlarni burg‘ulashda foydalanilgan. Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida XXRda ishlab chiqarilgan katta yuk ko‘tarish quvvati (675 tonna) bilan farq qiluvchi ZJ90DBS zamonaviy burg‘ulash qurilmalari ishga tushiriladi. Burg‘ulash qurilmasining xarakteristikalari chuqurligi 6000 metr bo‘lgan o‘ta chuqur quduqlarni burg‘ulash imkonini beradi.