November 8, 2021

PRO ERIELL: Burg'ulash paytida eng yangi navigatsiya tizimini qo'llash

🇺🇿 Quduqlarni burg‘ulash jarayonida ERIELL Group faol tarzda Measurement While Drilling (MWD) va Logging While Drilling (LWD) tizimlaridan foydalanmoqda. Ushbu o‘lchovlar quduqni yanada sifatli kavlab borish uchun geonavigasiya vaqtida, zaboy holati va kichik quvvatli qatlamda stvol o‘tishini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.

MWD tizimlardan burg‘ulash jarayonida inklinometrik parametrlarni o‘lchash va quduq stvoli traektoriyasini to‘g‘irlash maqsadida tezkor ravishda axborot olish maqsadida foydalaniladi. LWD tizimlar inklinometrik parametrlarni o‘lchashdan tashqari burg‘ulanayotgan jinslarning xossalarini aniqlashga mo‘ljallangan apparatura bilan ham to‘ldirilgan.

Xususan, ERIELL Group qiya yo‘naltirilgan burg‘ulash xizmati tomonidan APS, TolTeq, HPS Vertex, YST-48R ilg‘or telemetrik uskunalaridan foydalanadi.

Telemetrik tizimlar gidravlik aloqa kanali bo‘ylab yuzaga signal yuborib, bu kelgusida dekodlash va zenit, azimut, gamma datchik ko‘rsatkichlari mohiyati va boshqa muhim parametrlar haqida ma'lumot olish imkonini beradi.

Xizmat mutaxassislari tomonidan Natural Gas-Stream MChJ QX konlarida gamma zondlardan foydalangan holda quduqlar yon ustunlarini kesish bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, bu o‘z navbatida sermahsul gaz qatlamlarini aniqlash imkonini berdi.

Yaqin orada rezistivimetriya modullari — LWD APS (AQSh) yetkazib berilishi kutilmoqda. Rezistivimetriya quduqni to‘ldirayotgan burg‘ulash eritmasi yoki suyuqligining yalpi elektr qarshiligini o‘lchashga asoslangan. Yalpi elektr qarshilik kattaligi bo‘yicha mazkur modul' ustunda neft', suv, gaz va ularning aralashmalarini farqlash imkonini beradi.

Shuningdek O‘zbekistonga ERIELL Group uchun LWD — Triple Combo yetkazib berish ham rejalashtirilmoqda. Bu uzunligi 3 km dan ziyod bo‘lgan gorizontal ustunni kavlab borgan holda bugungi kunda amalga oshirish ilojsiz bo‘lgan quduqlarni burg‘ulash imkonini beradi.   O‘shandagina bir vaqtning o‘zida geonavigasiya va qatlamning kollektorlik xususiyatlarini o‘rganish ta'minlanadi.