November 17, 2021

PRO ERIELL: O‘zi suzib chiquvchi inklinometr

🇺🇿 #PROERIELL ruknini davom ettiramiz va bugun M-25 loyihasida ERIELL Group QYB xizmati xodimlari ishida qo‘llaniladigan o‘zi suzib chiquvchi inklinometr haqida so‘zlab bermoqchimiz.

Inklinometr — qiya burchagi datchikidir. Uning asosiy vazifasi — ob'ektning sayyoraning gravitasion maydoniga nisbatan qiya burchagi, shuningdek qiya yo‘nalishi - azimutni aniq va tez o‘lchashdan iborat. Inklinometr neft' qazib olish, tog‘-kon sanoati, qurilish imoratlarini barpo etish, qayta ishlash sanoati va boshqa sohalarda foydalaniladi.

LHE4000 markali o‘zi qalqib chiquvchi (poplavokli) inklinometri M-25 konida quduq stvoli traektoriyasini nazorat qilish uchun muvaqqiyatli qo‘llanilmoqda.

Poplavokli inklinometrning ishlash tamoyili uning burg‘ulash eritmasi bosimi ostida quvurli makon orqali o‘lchov nuqtasiga yetib borishi, zarur parametrlar (zenit burchagi, azimut, yo‘naltiruvchi holati, magnit maydonining kuchlanganligi, zaboydagi harorat) va uning keyinchalik quduq og‘ziga qalqib chiqishidan iborat. Poplavokli inklinometr boshqaruv blokiga ulanganda quduq zaboyidan olingan ma'lumotlarni o‘qish amalga oshiriladi.

Poplavokli inklinometrdan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilma teletizimning burg‘ulash ustuni pastki qismi komponovkasi tarkibiga kirmaydigan alohida unsuri sifatida ishlaydi. Bu o‘z navbatida foydalanishda oddiylik va unchalik qimmat bo‘lmagan tannarxni ta'minlaydi.