December 13, 2021

PRO ERIELL: Quduqlarni konservasiya qilish

🇺🇿 ERIELL Guruhi qator neft' va servis xizmatlari, jumladan quduqlarni konservasiya qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Quduqlarni konservasiya qilish bir necha haftadan bir necha oygacha qayta konservasiyadan chiqarish hamda unda ta'mirlash yoki boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyati bilan amalga oshiriladi. Stvol holatini saqlash uchun ayrim unsurlar sement qorishmalari yoki maxsus qatronlar yordamida mustahkamlanadi. Konservasiya vaqtida quduq og‘ziga korroziyaga qarshi himoya vositalari bilan ishlov beriladi.

Qurilish jarayonida quduqni konservasiya qilish faktik geologik-texnik sharoitlar loyiha sharoitlariga mos kelmasligi sababli uzoq bo‘lmagan vaqt (bir necha oy)ga, tarmoqli burg‘ulashda esa tarmoqdagi barcha quduqlarni barpo etish tugaguniga qadar, konlarni o‘zlashtirishda sanoat yo‘lga qo‘yilguncha, tabiiy ofatlar va moliyalash mavjud bo‘lmaganda amalga oshiriladi.

Quduq qurilishi tugallangach, konservalash yoki likvidasiya qilish ishlari quduqni burg‘ulash yoki o‘zlashtirish amalga oshirilgan burg‘ulash uskunasi va chiqindiga qarshi qurilma yordamida amalga oshiriladi.

Shuningdek, quduqlarni konservasiya qilish ularga kirish yo‘llari parchalanishi, tabiiy ofatlar natijasida ro‘y bergan suv toshqini va boshqa hodisalar, shuningdek quduq qurilishi moliyalashtirilmayotgan taqdirda hamda faktik kon-geologiya va quduqlar o‘tkazishning texnik sharoitlari loyiha sharoitlariga mos kelmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.