PRO ERIELL: ustunni aylantirish imkoniyatiga ega sementlashga mo‘ljallangan ikkita probkali universal golovka
🇺🇿 Sementlash golovkasi yuqori uzatma bilan hamkorlikda ishlash uchun mo‘ljallangan. U ERIELL guruhi tomonidan M-25 ob'ektida qo‘llaniladi. Uning asosiy vazifalariga sementlash jarayonida sementlash agregatlarining mustahkamlovchi ustun bilan aloqasi kiradi. Bundan tashqari, golovka ajratuvchi tiqinlarni ustunga tushirishdan avval mustahkamlash orqali joylashtirishga xizmat qiladi.
Sementlash golovkasi – bu universal golovka, sharsimon kran, tez bo‘linuvchi birikmaning yuqori o‘tkazgich, aylanuvchi sementlash golovkasi va probkaning chiqish indikatori bilan jihozlangan pastki o‘tkazgichdan tashkil topgan yig‘ma uzeldir. Aylanuvchi sementlash golovkasida almashtiriluvchi ajratuvchi probkalarga ega kasseta o‘rnatilgan.
Ushbu mexanizm nafaqat ustunni muallaq ushlab turadi va vertikal harakatiga xizmat qiladi, balki sementlash davomida aylanish orqali ustunni harakatga keltirish operatsiyasini amalga oshirish, shuningdek "yashil" sementda ustunni 70 MPa gacha presslashni amalga oshirish imkonini beradi. Bu ustunni mustahkamlash sifatini sezilarli darajada oshiradi.