November 1, 2021

#PROERIELL: uglevodorod asosidagi burg‘ulash eritmalari

🇺🇿 #PROERIELL — bu ERIELL Group tomonidan turli ob'ektlarda qo‘llaniladigan texnologiyalar va asbob-uskunalar to‘g‘risida hikoya qiluvchi rukndir.

Bugungi maqolamiz burg‘ulash eritmalari va ulardan quduqlarni burg‘ulash vaqtida foydalanishga bag‘ishlangan.

Uglevodorod asosidagi burg‘ulash eritmalari (UABE) suv tizimlariga qaraganda tuzga chidamlilik, yuqori moylash qobiliyati, lekin birinchi navbatda esa ochilayotgan sermahsul qatlamlarning kollektorlik jihatlarini saqlash singari qator afzalliklarga ega.

M-25 konlarida beqaror jinslar, jumladan turli tuproqli cho‘kindilar uchraydi.

Suv asosidagi eritmalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, shuningdek burg‘ulash tezligini oshirish maqsadida loyiha mutaxassislari tomonidan uglevodorod asosidagi eritmadan foydalangan holda tajriba-sanoat ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

ERIELL Group burg‘ulash eritmalari xizmati mutaxassislari tomonidan bu borada Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan mineral moy asosida maqbul tarkib ishlab chiqildi.