April 12

#ОдинДень с главным специалистом

#ОдинДень с главным специалистом

Сегодня мы провели #ОдинДень с Артёмом Азаровым. Он является Главным специалистом ДПУ проекта «Мустакилликнинг 25 йиллиги».

Его рабочее утро начинается с получения заданий и поручений от руководителя Департамента. Как рассказывает сам Артём, он взял себе за правило анализировать, прежде всего, выполнение заданий предыдущего дня. Для этого, связываясь со специалистами, он получает картину полноты выполнения поставленных задач.

«Таким образом, на протяжении трудового дня выполняю поставленные задачи по мере поступления их от руководителя и коллег, а также их срочности», - отмечает наш герой.

В его непосредственные обязанности входит контроль и анализ хода реализации проекта, участие в проверке корректности учета всех потенциальных расходов (себестоимость) в период подготовки к защите бюджета и далее на всех этапах реализации проекта.

В силу своего характера Артём старается постоянно быть в курсе всей необходимой ему для работы информации, вникать во все детали порученной работы.

А на вопрос, встречаются ли трудности в работе, отвечает не задумываясь: «Бывают, стараюсь решать по мере возможности».

В его жизненном девизе тоже отражается готовность к постоянному развитию: «Не останавливаться на достигнутом, всегда продолжать двигаться вперед к достижениям целей».

А что касается его понимания счастья, то здесь Артём определяет всё чётко и лаконично: «Радость своих родных и близких».

Bosh mutaxassis bilan #BirKun

Biz bugun Azarov Artyom bilan #BirKun un o‘tkazdik. U «Mustakillikning 25 yilligi» loyihasi DPU bosh mutaxassisi.

Uning ish kuni ertalab Departament rahbaridan topshiriq va ko‘rsatmalar olish bilan boshlanadi. Artyomning aytishicha, u birinchi navbatda bir kun oldin topshirilgan vazifalar bajarilganligini tahlil qilishni o‘ziga qoida qilib olgan. Buning uchun u, mutaxassislarga murojaat qilib, vazifalarning to‘liq bajarilgani bo‘yicha tasavvurga ega bo‘ladi.

“Shunday qilib, ish kuni davomida raxbar va xamkasblar tomonidan topshirilgan vazifalarni kelib tushishi, shuningdek, muddatiga qarab bajaraman”, - deya ta'kidlaydi qahramonimiz.
Uning bevosita vazifalariga loyihani amalga oshirish jarayonini tahlil va nazorat qilish, byudjetni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida va keyinchalik loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida hamma potensial harajatlarni hisobini to‘g‘riligini tekshirishda ishtirok etish kiradi.

O‘zining tabiatiga ko‘ra, Artyom o‘z ishi uchun zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlardan doimo xabardor bo‘lishga, topshirilgan ishning barcha tafsilotlarini o‘rganishga harakat qiladi.

Ishda qiyinchiliklar uchrab turadimi degan savolimizga, ikkilanmasdan javob beradi : “Bo‘lib turadi, imkon qadar hal qilishga harakat qilaman”.

Uning xayotiy shiori ham doimiy rivojlanishga tayyorligini aks ettiradi: “Erishilgan yutuqlarda to‘xtamasdan, doimo maqsadlar sari olg‘a intiling”.

Baxt haqidagi tushunchaga kelsak, bu yerda Artyom hammasini aniq va lo‘nda ta'riflaydi: “Oilam va do‘stlarim quvonchi”.