December 9, 2021
Xodimlarning deyarli 97 foizi COVID-19 ga qarshi emlandi
🇺🇿 ERIELL Guruhi tomonidan barcha ob'ektlardagi xodimlarni vaksinasiya qilish davom ettirilmoqda. Bugungi kunda "O‘rta Osiyo" MBBning mintaqaviy bo‘linmalarida xodimlarning 96,8 foizi koronovirusga qarshi vaksina oldi.
Ommaviy vaksinasiya orqali sun'iy immunitet hosil qilish pandemiya avjiga chiqqanda sog‘liqni saqlash uchun eng samarali vosita hisoblanadi. Shaxsiy va atrofdagilarimiz xavfsizligini yodda tutish muhim.
Ommaviy vaksinasiya jamoaviy immunitetni shakllantirish imkonini beradi, natijada esa epidemiya chekinib, insoniyat odatiy hayot tarziga qaytishi mumkin bo‘ladi.