November 30, 2021

QYB xizmati ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

🇺🇿 Qiya yo‘naltirilgan burg‘ulash xizmati barcha servis xizmatlari o‘rtasida birinchilardan bo‘lib auditdan muvaqqiyatli o‘tib, ISO 9001 (sifat menejmenti) va 45001 (sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta'minlash) sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Sertifikatlar sertifikasiya bo‘yicha xalqaro organ AJA Europe (Bristol' shahri, Buyuk Britaniya) tomonidan berilgan.

Sertifikasiyaga tayyorlash ishlari ERIELL rahbariyati tomonidan servis xizmatlarini neft' va gaz sektorining xalqaro servis xizmatlari bozoriga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan 2019 yilda boshlangan.

QYB xizmati rahbari Amirxanov El'bek Olimovich ISO 9001 va 45001 sertifikatlarining qo‘lga kiritilishi jarayonlarni standartlashtirish va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.