September 28, 2021

QYB xodimlari geonavigasiya bo‘yicha Geosteering World Cup 2021 chempionatida ishtirok etdi.

🇺🇿 15 sentyabr' kuni ROGII kompaniyasi tomonidan onlayn rejimda geonavigasiya bo‘yicha Geosteering World Cup 2021 musobaqasi o‘tkazildi. Unda butun dunyodan 300 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan ERIELL Group QYB servisining uch afar xodimi — QYB bo‘yicha koordinator Miryusupov Baxtiyor, sifat nazorati bo‘yicha muhandis Manasipov Igor' va MWDni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhandis Elent Oleg ishtirok etdi.

Barcha ishtirokchilarga musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va unda ishtirok etish uchun trenajer-simulyatordan foydalanish imkoniyati taqdim etildi. Chempionatning mohiyati LWD karotaji ma'lumotlarida asoslanib real vaqt rejimida qatlamning sermahsul qismi bo‘ylab quduq o‘tkazishdan iborat edi. Musobaqa ikkita quduqni o‘z ichiga oldi.

1. Unconventional (noan'anaviy) – qatlam oldin kutilmaganda o‘zgaradigan, navigasiya uchun esa faqatgina gamma-karotaj va kavlab borish tezligiga doir ma'lumotlar taqdim etildi.

2. Conventional – an'anaviy, biroq talqin borasida unchalik oson bo‘lmagan, chunki qo‘shimcha ravishda imedjer va rezistivimetr ko‘rsatkichlariga tayanishga to‘g‘ri keldi.

«Geonavigasiya bo‘yicha chempionat o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e'lonni ko‘rgach, biz hamkasblarimiz bilan o‘z kuchimizni sinab ko‘rishga ahd qildik. Buning ustiga, bir necha oy avval biz mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kursida tahsil olgan edik», – deydi Baxtiyor.

«Men va hamkasblarimiz uchun bu juda qimmatli tajriba bo‘ldi. Dunyo chempionatida onlayn rejimda ishtirok etish, bir vaqtning o‘zida translyasiyani kuzatish yorqin taasurotlar qoldiradi. Olingan bilim va ko‘nikmalar bizga kelgusida biz karotaj bo‘yicha ma'lumotlarga asoslangan holda simulyatorda emas, balki haqiqiy ish jarayonida albatta as qotadi», — dedi Igor' Manasipov.