August 18, 2022

ERIELL: Изучается проект нового Трудового кодекса

ERIELL: Изучается проект нового Трудового кодекса

🇷🇺 Управление по работе с персоналом ERIELL Group 8-19 августа 2022 года организовало проведение курса по изучению проекта нового Трудового кодекса Республики Узбекистан.

Его участниками стали 30 специалистов кадровых служб ERIELL Group и ENTER Engineering. Разработчиком курса и тренером выступил юрист, правовед Алексей Ниязметов.

Организационно-техническая поддержка проведению курса оказана корпоративным учебным центром «ERIELL prof education».

«Проведение курса «Проект нового ТК РУз» на сегодняшний день самое актуальное обучение для кадровых служб всех организаций. Необходимо изучить все ключевые изменения в новом Трудовом кодексе, и быть подготовленными к ним, чтобы своевременно внедрить в локальные нормативные акты Компании», - отмечает заместитель начальника Управления по работе с персоналом Сайёра Абдуллаева.

Действительно, как показывает сравнительный анализ, представленный в ходе курса, действующий Трудовой кодекс, принятый почти 26 лет назад, нуждается в реформировании с учетом современных реалий.

Проект нового Трудового кодекса содержит в том числе нормы, которые отсутствовали ранее. Так, например, не было гарантий защиты прав для специалистов, получивших предложение о работе. Теперь предлагается установить приглашённым лицам гарантии при трудоустройстве, закрепить, что работодатель не вправе отказать им в приеме на работу в течение срока действия приглашения.

Если сейчас при заключении срочного трудового договора установлены только три возможных случая, то в новой редакции перечень таких случаев расширен, а также включены условия и обоснования для такого вида договора.

В отношении предварительного испытания, в проекте Трудового кодекса расширен перечень лиц, к которым работодатель не в праве его применять, установлен максимальный срок (6 месяцев) предварительного испытания для руководителей и другие новые нормы.

Как отмечают разработчики, проект нового Трудового кодекса отличает наличие норм, способствующих работодателям быстро и адекватно реагировать на требования рыночной конъюнктуры, в короткие сроки перестроить производство и бизнес-процессы, сохраняя и наращивая объёмы и рабочие места.

ERIELL: Yangi Mehnat kodeksi loyihasi o‘rganilmoqda

🇺🇿 ERIELL Groupning xodimlar bilash ishlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8-19 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi loyihasini o‘rganish bo‘yicha kurs tashkil etildi.

Unda ERIELL Group va ENTER Engineering kadrlar xizmatining 30 nafar mutaxassisi ishtirok etdi. Yurist, huquqshunos Aleksey Niyazmetov kurs tashkilotchisi va murabbiyi hisoblanadi.

Kursni o‘tkazishda tashkiliy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash «ERIELL prof education» korporotiv o‘quv markazi tomonidan amalga oshirildi.

«O‘zR yangi MK loyihasi kursini o‘tkazish bugungi kunda barcha tashkilotlarning kadrlar bo‘limi uchun eng dolzarb treningdir. Yangi mehnat kodeksidagi barcha muhim o‘zgarishlarni o‘rganish hamda kompaniyaning ichki me'yoriy hujjatlariga o‘z vaqtida kiritishga tayyor turish zarur», - deb ta'kidlaydi xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sayyora Abdullaeva.

Darhaqiqat, kurs doirasida taqdim etilgan qiyosiy tahlil, deyarli 26 yil avval qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksining zamonaviy talablarni hisobga olgan holda isloh qilinishga muhtojligini ko‘rsatdi.

Yangi Mehnat kodeksi avval mavjud bo‘lmagan normalardan tashkil topgan. Masalan, ish to‘g‘risida taklif olgan mutaxassislar huquqlarini himoya qilish kafolatlari bo‘lmagan. Endilikda taklif etilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kafolatlar belgilash, taklifning amal qilish muddati davomida ish beruvchi ularni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emasligini o‘rnatish taklif etilmoqda.

Agar hozir muddatli mehnat shartnomasini tuzishda faqat uchta mumkin bo‘lgan holat belgilangan bo‘lsa, yangi tahrirda bunday holatlar ro‘yxati kengaytirilgan, shartnomaning ushbu turi uchun zarur shartlar va asoslar ham kiritilgan.

Mehnat kodeksi loyihasida dastlabki sinovga kelsak, ish beruvchi bu huquqni qo‘llashi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi, rahbarlar uchun dastlabki sinovning maksimal muddati (6 oy) va boshqa yangi normalar belgilandi.

Ishlab chiquvchilar ta'kidlaganidek, yangi Mehnat kodeksi loyihasi ish beruvchiga bozor sharoitlari talablariga tez va mos javob berish, ishlab chiqarish va biznes jarayonlarida ish hajmlari va ish o‘rinlarini saqlagan va oshirgan holda qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishni qayta qurish imkonini beradigan normalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.