February 23, 2022

#ERIELLLadies: в кадре - Людмила Чариева

#ERIELLLadies: в кадре Людмила Чариева

Сегодня героиней нашей рубрики стала Чариева Людмила Шадиевна, главный специалист «Проекта обустройства нефтегазовых инфраструктур».

Людмила Шадиевна начала работу в компании в июле 2019 года с должности специалиста Производственно-технического отдела (ПТО). В 2019 году образовалась служба по обустройству скважин. Проект расширился, объёмы работ увеличились. В настоящее время она трудится главным специалистом проекта.

Работая в ERIELL Group, наша героиня приобрела ценные знания и возможность работать с прекрасными людьми.

«Для меня самое главное в работе — это результат и сплочённая команда. Только так мы можем прийти к успеху. Руководство нашего Проекта и компании прислушиваются к мнению сотрудников, что создаёт доверительные отношения в процессе работы. Иногда наше слово тоже что-то меняет, это так ценно. У нас сложилась хорошая команда, мы все друг у друга учимся. Хотелось бы сделать что-то существенное и полезное для компании».

Людмила Шадиевна признаётся, что у неё много увлечений, среди которых чтение психологических детективов и поэзия, она даже сама пишет стихи. Но самое любимое занятие нашей героини — проводить время с внучками.

«Я очень люблю жизнь, всегда стремлюсь к позитиву, люблю познавать что-то новое. Когда человек востребован в работе, когда вокруг мир и спокойствие, то он счастлив. А ещё счастье для меня — это здоровье всех членов моей семьи, и моё тоже. Я всегда строю оптимистические планы, верю в них и действую, и они исполняются».

#ERIELLLadies: kadrda Lyudmila Charieva

Bugun "Neft' va gaz infratuzilmalarini obodonlashtirish loyihasi" bosh mutaxassisi Charieva Lyudmila Shadievna ruknimiz qahramoni bo‘ldi.

Lyudmila Shadievna kompaniyadagi faoliyatini 2019 yil iyul oyida Ishlab chiqarish-texnika bo‘limi (ITTB) mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2019 yilda quduqlarni obodonlashtirish xizmati tashkil etildi. Loyiha kengayib, ish hajmi ham ortdi. Hozirgi vaqtda u loyihaning bosh mutaxassisi bo‘lib ishlamoqda.

ERIELL Groupda ishlash davomida qahramonimiz qimmatli bilimlar orttirdi va ajoyib insonlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

«Men uchun ishda eng asosiysi — bu natija va ahil jamoadir. Faqat shu tariqa biz muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin. Loyihamiz va kompaniya rahbariyati xodimlar fikriga quloq tutadi, bu esa ish jarayonida ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantiradi. Ba'zida bizning so‘zimiz ham nimanidir o‘zgartiradi, biz buni juda qadrlaymiz. Bizda yaxshi jamoa shakllangan, hammamiz bir-birimizdan ko‘p narsalarni o‘rganamiz. Kompaniya ravnaqi uchun qandaydir salmoqli va foydali ishlarni amalga oshirishni istardim».

Lyudmila Shadievnaning so‘zlariga ko‘ra, uning qiziqishlari juda ko‘p. Psixologik detektivlar mutolaasi va she'riyat shular jumlasidan, u hatto o‘zi she'rlar yozib turadi. Biroq, qahramonimizning eng sevimli mashg‘uloti — nabiralari bilan vaqt o‘tkazishdir.

«Men hayotni juda sevaman, doimo ijobiy narsalarga intilaman, bilimlarimni boyitishni xush ko‘raman. Inson ish joyida qadr topsa, uning atrofida tinchlik-xotirjamlik hukmron bo‘lsagina o‘zini chin ma'noda baxtiyor his qiladi. Yana baxt men uchun — barcha oila a'zolarim va o‘zimning sog‘ligimdir. Men hamisha optimistik rejalar tuzaman, ular ro‘yobga chiqishiga ishonaman va ular amalga oshadi».