Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar: Burg‘ulash eritmasi
🇺🇿 Burg‘ulash eritmasi deb murakkab, kimyoviy ta'sirga berilmaydigan suyuqliklar tizimiga aytiladi. Ular emul'sion, aerasion (suyuqlik bilan to‘yingan) va suspenzion tipda bo‘ladi. Burg‘ulash eritmalari quduqlarni burg‘ulash vaqtida stvollarni yuvish uchun xizmat qiladi. Bu qayta ochilayotgan jins bilan o‘zaro ta'sirga kirishuvchi ilk texnologik suyuqlikdir.
Burg‘ulash eritmalari quyidagi tipda bo‘ladi:
1. Suv asosidagi eritmalar. Mazkur toifaga tuproqsiz tarkiblar (texnik suv, eritmalar, suspenziyalar va polimerlar asosidagi vositalar), tuproqsimon moddalar (chuchuk, mineral suv asosidagi, gipsli, tuproqli va xlorli eritmalar) kiradi.
2. Suvsiz asosdagi eritmalar: uglevodorodli, tarkibida gaz miqdori minimal darajada bo‘lgan neft' mahsulotlariga ega tarkiblar.
3. Aerirlangan tipdagi tarkiblar, ko‘piklar.
Ichki qismda sirkulyasiya qilgan holda eritma quduq devorlarini cho‘kindilardan tozalaydi, burg‘ulangan jinslar qoldiqlarini yuvib, ularni yuzaga chiqarib yuboradi, qatlamlarning asboblar yordamida parchalanishini rag‘batlantiradi, gorizontning sifatli ochilishini amalga oshirish va boshqa qator vazifalarni hal etish imkonini beradi.
Burg‘ulash eritmalarini tayyorlash chi‘ziluvchanligi yuqori bo‘lgan va qum zarralari foizi yuqori bo‘lmagan yupqa dispersion tuproq moddalardan foydalanishni talab qiladi. Bunday moddalar suv bilan qo‘shilganda uzoq vaqt davomida cho‘kma hosil qilmaydigan cho‘ziluvchan suspenziyani tashkil qilishi mumkin. Zichlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan eritmalar beradigan ishqorli tarkiblar asosidagi tuproqli kukunlar turlari eng yaxshi xususiyatlarga ega.
Burg‘ulash eritmalari bilan ishlashda xavfsizlik talablariga rioya qilish zarur: maxsus kiyimda va havo yaxshi aylanadigan yorug‘ binoda ishlash.
Burg‘ulash eritmasi tayyorlanayotganda unga zararli aralashmalar tushib qolmasligini nazorat qilish muhim. Texnik talablarga ko‘ra, eritmaning chiqishi, ya'ni bir tonna xom-ashyodan hosil bo‘ladigan kerakli cho‘ziluvchanlikka ega kubometrlar miqdori kukun yoki tuproq ko‘rinishidagi xom-ashyo sifatining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.