Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar: Mustahkamlovchi quvurlar
Mustahkamlovchi quvurlar neft' va gaz quduqlarini qurish, konlarni obodonlashtirishda muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Ular quduqqa tushirilib, jinsni u to‘kilib ketmasligi uchun ushlab turadi. Quvurlar bir-biriga burab kirgiziladi yoki muftalar yordamida mustahkamlanib, butun quduq bo‘ylab ustun hosil qiladi.
Mustahkamlovchi quvur quduqqa uning devorlari jinsning uqalanib ketadigan qatlamlari to‘kilib tushmasligi uchun quduq devoriga zich yopishgan holda tushiriladi. Jinsning ustki qatlamlarm burg‘ulangach, quduqqa mustahkamlovchi quvurlar ustuni tushiriladi, ular va devor orasiga esa quvurlar mustahkamlanishi uchun beton quyiladi. Shundan so‘ng keyingi ishlarni amalga oshirish yoki bevosita foydalanish uchun bu ustunga diametri kichikroq boshqa quvurlar ustuni tushiriladi. Har bir alohida holatda mustahkamlovchi quvur aniq belgilangan hajm va diametrda bo‘lishi lozim. Bu burg‘ulash jarayoni amalga oshirilishi va ishlar yakuniga yetgach quduq tegishli ravishda ishlashini kafolatlaydi.
Mustahkamlovchi quvurlarga yetarlicha qat'iy talablar qo‘yiladi. Birinchidan, ular qoidalar bilan belgilangan devor qalinligi va diametridan chiqib ketmasligi lozim. Agar bunday quvur oddiy aniqlikda tayyorlansa, uning egriligi (1 m ga) 0,7 mmdan (33,5-89 mm lik diametrda) va 1 mmdan (108 -146 mm lik diametrda)oshmasligi lozim. Yuqori aniqlikdagi mustahkamlovchi quvurlarni tayyorlashda ularning egriligi E33,5-89 mm va 108 -146 mm lik diametrda tegishincha 0,3 mm yoki 0,5 mm dan oshmasligi lozim.
ERIELL Groupda turli markadagi, eng oddiy K-55 dan zanglamaydigan po‘latdan eng agressiv sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan 110T markali mustahkamlovchi quvurlardan foydalaniladi.