October 7, 2021

Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar: barrel' nima?

🇺🇿 Barrel': bu tushuncha qaerda qo‘llaniladi va bir barrel' neftdan nima olish mumkin?

Ingliz tilidan tarjima qilganda «barrel'» «bochka» degan ma'noni anglatadi. Bugungi kunda hammaga ma'lum bo‘lgan dunyodagi eng qimmatbaho energiya resursi hisoblangan neft' o‘lchov birligi Angliyada paydo bo‘lgan. Barrelning qisqartirilgan nomi uchun bbl qisqartmasidan foydalaniladi.

«Barrel'» va «gallon» tushunchalari Amerika, Buyuk Britaniya singari nometrik o‘lchov birligiga ega bo‘lgan mamlakatlarga xos. Ularning miqdorini yanada aniqroq tushunish uchun mazkur atamalarni biz uchun odatiy bo‘lgan o‘lchov birliklariga osongina aylantirish mumkin.

«Moviy» barrellar 158,988 litr yoki 136,4 kilogrammga, bir barrel' 42 gallonga teng. Gallon deb taxminan 3,70 dan 4,55 litrgacha bo‘lgan modda hajmiga aytiladi. Bu o‘lchovdan 100 yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelinmoqda.

Inglizcha barrel' orol davlatining o‘ziga xosligini saqlagan holda Amerika barrelidan 163,65 litrni sig‘dirishi bilan farq qiladi. Vino mahsulotlari uchun «barriki» nomi ostidagi va qishloqdan kelib chiqib, hajmi 225-228 litrni tashkil etadigan barrellar Fransiyada ham mavjud.

Bir barrel' neftdan nima olish mumkin?

102 litr benzin;

30 litr dizel' yoqilg‘isi;

25 litr aviasiya yoqilg‘isi;

11 litr neftezavod gazi;

10 litr elektrodlar va korroziyaga qarshi apparatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan neft' koksi;

7 litr mazut;

5,5 litr suyultirilgan gaz;

1,5 kilogramm pista ko‘mir;

12 ballon propan gazi;

1 litr motor moyi;

Tort uchun 120 dona mum sham.

Yuqoridagi fikrlarga yakun yasagan holda barrel' hajmni o‘lchash birligi hisoblanib, barcha tegishli xarakteristikalarga ega, degan xulosaga kelish mumkin. Shuningdek, neft' barreli vaqt o‘tib butun dunyo standartiga aylangan, degan taxminlar ham bor.