September 16, 2021

Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar: burg‘ulash dolotosi

🇺🇿 Burg‘ulash dolotosi - tog‘ jinslarini mexanik usul bilan parchalashga mo‘ljallangan asosiy instrumentlardan biridir. Ishlash qismi qanday ko‘rinishga ega ekanligidan kelib chiqqan holda doloto ikki turga: sharoshkali va parrakliga bo‘linadi. Sharoshkali tipdagi burg‘ulash dolotolaridan neft', gaz, suv yoki boshqa har qanday quduqni burg‘ulashda foydalaniladi. Bu element quyidagi funksiyalarni bajaradi:

• zaboydagi tuproqni parchalash;

• chuqur qazib borish;

• quduq devorlarini tekislash.

Neft' va gaz tarmog‘ida qo‘llaniladigan dolotolar konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘linadi: sharoshkali va PDC.

Asosiy tasnifidan tashqari dolotoning yana ko‘plab turlari va kichik turlari mavjud. Bundas taqsimot quduqlarni burg‘ulashning ma'lum bir tog‘-geologiya sharoitlariga mos keluvchi doloto tanlanishini yengillashtiradi.

Dolotolar tuproqni burg‘ulash talab etiladigan ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Masalan, quduq barpo etish yoki tuproq tarkibi to‘g‘risida ma'lumot yig‘ish va ularga baho berish zarurati paydo bo‘lganda. Neft' va gaz sanoatini bu jinsni parchalovchi uskunasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki aynan u turli hajm va chuqurlikdagi quduqlarni samarali burg‘ulash imkonini beradi.

ERIELL Group o‘z ob'ektlarida eng ilg‘or uskunaning turfa xillaridan foydalanadi. Xususan, quduqlarni burg‘ulash uchun M-25 loyihasida Kymera dolotosi qo‘llaniladi. Mazkur doloto sharoshkali dolotoga ega PDC-dolotoning gibridi hisoblanadi.

Doloto o‘zida nafaqat PDC dolotolar (qazib borishning yuqori tezligi), balki sharoshkali dolotolar (yaxshi boshqaruv va traektoriyaning barqarorligi) afzalliklarini mujassam etgan. PDC dolotosidagi kesish-emirish effektining sharoshkali dolotolarning parchalash-edirish ta'siri bilan uyg‘unligi esa qattiq va yumshoq jinslarni navbat bilan yanada samaraliroq parchalash imkonini beradi.

Dolotolarning mazkur tipini O‘zbekiston hududida qo‘llash bo‘yicha ilk tajriba na territorii M-25 loyihasida amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda mazkur tipdagi dolotolarni mamlakatimiz hududida kelgusida ham qo‘llash maqsadida ularni yanada modernizasiya qilish va maqbullashtirish ishlari davom ettirilmoqda.