Sohaga doir qiziqarli ma'lumotlar: defektoskopist kasbi
🇺🇿 Tasavvur qilib ko‘ring: burg‘ulash jarayoni ketmoqda, quduq chuqurligi 2577 m. Qandaydir vaqtda burg‘ulovchi manifold liniyasida bosim tushib ketganini va burg‘ulash asbobi vazni yo‘qolganini sezib qoladi. Usta buyrug‘iga ko‘ra ko‘tarish amalga oshirilmoqda. O‘zgaruvchan yuklama ta'siri natijasida yuzaga kelgan charchoq yorilishi avariyaning sababi bo‘lishi mumkin. Yoriq ortishi tezligi yuklama hajmiga bog‘liq bo‘lib, ma'lum sharoitlarda juda yuqori bo‘lishi mumkin. Parchalanish sezilarli ravishdagi plastik deformasiya bilan birga kechishi mumkin, shuning uchun uni o‘z vaqtida aniqlash qiyin.
Yoriqlarni o‘z vaqtida aniqlash va har bir burg‘ulash ustuni elementlari ishdan chiqishining oldini olish uchun har bir burg‘ulash tashkilotida defektoskopistlar maxsus xizmati faoliyat yuritadi. Defektoskopist — bu ishdan chiqmasligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis. Defektoskopist majburiyatlariga ob'ektlar, shuningdek ularning qismlari (tarmoqlari)da turli defektlarni aniqlash maqsadida diagnostika qilish kiradi. Bu kasb o‘ta mas'uliyatli, ko‘p tarmoqli, murakkab hisoblanadi. Ishdan chiqmaslikni nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis qimmatbaho va murakkab uskuna bilan yaxshi ishlashni bilishi, chuqur texnik bilimga ega bo‘lishi, standartlar, me'yorlar, reglamentlar va turli hujjatlarni bilishi shart.
ERIELL Groupda ko‘pincha metallda oddiy ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan mikroyoriqlarni aniqlaydigan maxsus xizmat faoliyat yuritadi. Buning uchun defektoskopistlar maxsus asbob-uskunalar - akustik, to‘lqinli tokli, elektrolitik, iskrali, magnit-kukunli, rentgen apparatlari, kapillyar, impedans va boshqalardan foydalanadi. Ularni taqqoslash mushkul, ular tuzilishi, hatto tashqi ko‘rinishi bo‘yicha shunchalik farq qiladiki, ularni faqat vazifasigina birlashtirib turadi.