September 29, 2021

Sohaga oid qiziqarli ma'lumotlar: qatlamni gidravlik usulda yorish 

Bugungi kunda qatlamni gidravlik usulda yorish neft' berish hamda quduqlarga suyuqlik va gaz oqimini intensifikasiya qilishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.   U qazib olinayotgan flyuid (gaz, suv, kondensat, neft' yoki ularning aralashmasi)ning quduq zaboyiga oqimini ta'minlash uchun yaxlit qatlamda o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan yoriq yaratishdan iborat.

Qatlamni gidravlik usulda yorish amalga oshirilgach, odatda quduq debiti keskin ravishda oshadi. Bu usul an'anaviy usullar qator sabablarga ko‘ra ishlamaydigan joylarda neft' qazib olish imkonini beradi. Undan shuningdek ko‘mir qatlamlarini degazasiya qilish, yer ostini gazlashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda bu usul neftni an'anaviy usullar yordamida qazib olish past debitlar tufayli rentabel bo‘lmagan holatlarda yangi neft' qatlamlarini ishlash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek undan slanes gazi va zichlashtirilgan qumtoshlar gazini qazib olishda ham foydalaniladi.

QGYoning ish suyuqligi sifatida suv asosidagi yuqori molekulyar polimerlar (bosim bilan bog‘liq yo‘qotishlarni kamaytirish uchun)dan foydalanilgan eritmalar, jumladan:

- texnik yoki qatlam, ba'zida tuz-kislotali eritmalar (karbonatli jinslar uchun) yoki xom neft';

- kislota, korroziyaga qarshi unsur, friksion aralashmanaya, gel' cho‘ziluvchan bo‘lishi uchun yelim va boshqa qo‘shimchalar qo‘llaniladi.

Yoruvchi material sifatida proppantlar, kvars qumi va boshqa materiallardan foydalaniladi.

Odatda neft' servisi kompaniyalari QGYo va neft' qazib olishni intensifikasiya qilishning boshqa usullarini amalga oshirishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

ERIELL Group yangi texnologiyalarni qo‘llash, jumladan oqimni intensifikasiya qilish va quduqlarni tugatishda peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistondagi ob'ektlarda QGYoni joriy etish 2018 yilda boshlangan. Bugungi kunda Kompaniyalar guruhi tomonidan 100 dan ortiq qatlamni kislotali va proppantli gidravlik usulda yorish operatsiyalari amalga oshirilgan. Buning uchun xorijda ishlab chiqarilgan eng so‘nggi rusumdagi texnologik uskunalar qo‘llanilgan va bu xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori natijalarga erishish va ERIELL Group faoliyati samaradorligini oshirish imkonini berdi.