September 27, 2021

Super Leo kitoblari O‘zbekiston bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda.

Bugun kitob nusxalari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 325-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga taqdim etildi. Bolajonlarga jami 185 ta kitob hadya etildi.

Bosh qahramoni shercha Leo bo‘lgan kitob ERIELL Group tomonidan Energetika vazirligi bilan hamkorlikda chop etilgan. Kitobning maqsadi bolajonlarga tabiiy resurslarning qadr-qimmati, gaz qazib olish, shuningdek elektr energiyasi qay tarzda qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishi haqida so‘zlab berishdan iborat.

ERIELL Group va Energetika vazirligi tomonidan chop etilgan qiziqarli kitobning qator nusxalari idoralar, tashkilotlar va maktabgacha ta'lim muassasalariga taqdim etilmoqda.