Tarmoqqa oid qiziqarli ma'lumotlar: Seysmik razvedka
🇺🇿 Seysmik razvedka tog‘ jinslari tuzilmasi, tuzilishi va tarkibini tadqiq qilishning yetakchi geofizik usullaridan biri hisoblanadi.
Razvedkali geofizikaning bu bo‘limi sun'iy ravishda qo‘zg‘atiladigan egiluvchan to‘lqinlarni ro‘yxatga olish va ulardan foydali geologik-geofizik ma'lumotlarni olishga asoslangan.
Seysmik razvedkadan yer osti geologik tuzilmasining grafik ko‘rinishini yaratish uchun foydalaniladi. Bu razvedka qiluvchi kompaniyalarga neft' va gaz konlari salohiyatini aniq va minimal harajatlar bilan aniqlash imkonini beradi.
Seysmik razvedka yordamida Yer qa'ri tuzilishi o‘rganiladi, foydali qazilmalar konlari ajratiladi, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi vazifalari hal etiladi, seysmik mikrorayonlash amalga oshiriladi. Neft' va tabiiy gaz konlarini izlash seysmik razvedkani eng samarali qo‘llash sohalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, seysmik razvedkaning dengizda uglevodorodlar konlarini izlashdagi roli juda muhim. Shuning uchun hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha dengizdagi seysmik razvedka ishlari hajmi quruqlikdagi ishlar hajmidan 4 barobar ko‘p.
Seysmik razvedka texnologik jihatdan va olinayotgan ma'lumotlarning ulkan hajmi bilan farq qiluvchi ishonchli usul hisoblanadi.