Tarmoqqa oid qiziqarli ma'lumotlar: burg‘ulash ustuni
🇺🇿 Burg‘ulash ustuni – bu quduqda joylashgan va bir-biri bilan konus qulflar yordamida birlashadigan burg‘ulash quvurlaridan iborat maxsus konstruksiyadir. Mazkur mexanizm ishlayotgan instrumentga mexanik va harakatlanayotgan suyuqlik energiyasini berish, quduqning germetik parametrlarini boshqarish, shuningdek o‘q yuklamasini yaratishga mo‘ljallangan.
Burg‘ulash uskunasining majburiy unsurini ifoda etuvchi burg‘ulash ustuniga zaboy joyiga yuvish suyuqligini berish, rotordan dolotoga aylanish energiyasini uzatish, harakatlanayotgan suyuqlik energiyasini doloto va gidravlik tizimga uzatish, quduqda avariya va boshqa ish turlarini bajarish singari funksiyalar yuklatilgan. Mazkur mexanizm shuningdek zaboy dvigatelidan mexanik sa'y-harakatlarni qabul qilish, o‘z og‘irligi bilan unga ta'sir o‘tkazgan holda dolotoga o‘q yuklamasini ta'minlash va boshqa vazifalarni ham bajaradi. Burg‘ulash ustunining asosiy funksiyasi dolotoning quduq yuzasida joylashgan uskuna bilan mexanik va gidravlik aloqasini ta'minlashdan iborat. Bundan tashqari, burg‘ulash ustuni turli qurilmalar, uskunalar, snaryadlar, asboblar, dolotolar va boshqa moslamalarni transportirovka qilish kabi funksiyalarni bajaradi.