December 12, 2023

Наши Лица: Иброгим Эргашевич Исмоилов

#НашиЛица: Иброгим Эргашевич Исмоилов

Сегодня в регулярной рубрике #НашиЛица познакомим вас с Исмаиловым Иброгимом Эргашевичем, помощником бурильщика 4 разряда (верховой).

В ERIELL Group наш герой пришел в 2020 году в качестве помбура 4 разряда. Сама же профессия полюбилась ему еще в юности. Деятельность на буровой, на головокружительной высоте – работа для смелых и сильных.

Верховой — это рабочий, занимающийся размещением свечи на подсвечнике или поднятием свечи с подсвечника в верхней зоне БУ при спуске долота. И работа эта не из легких. Человек этой профессии должен обладать выносливостью, быть крайне внимательным и по всей строгости соблюдать необходимые меры предосторожности по технике промышленной безопасности.

Отвечая на вопрос об обязанностях, Иброгим Эргашевич отмечает, что в них входит выполнение верховых работ при спуско-подъемных операциях. Также он участвует в работах по укладке бурильных и обсадных труб, компоновке низа бурильной колонны, и других.

Самым же любимым действием на буровой Иброгим Исмаилов назвал участие в спуско-подъемных операциях.

Что касается свободного времени – его наш герой предпочитает проводить в кругу семьи и близких, а также за чтением книг о спорте.

«Счастье – понятие довольно абстрактное и включает в себя множество пунктов, у каждого человека они свои. Для меня быть счастливым – это быть рядом с семьей, заботиться и оберегать родных. И конечно, заниматься любимым делом в процветающей Группе ERIELL», - заключил Иброгим Эргашевич.

#Bizning qiyofalar: Ibrohim Ergashevich Ismoilov

Bugun doimiy #Bizning qiyofalar ruknimizda sizlarni 4 toifali (yuqorida) burg’ulovchi yordamchisi Ismoilov Ibrohim Ergashevich bilan tanishtiramiz.

Qahramonimiz ERIELL Groupga 2020 yilda 4 toifali burg’ulovchi yordamchisi sifatida kelgan.  U hali o’smir bo’lgan vaqtidan kasbni yaxshi ko’rib qolgan edi. Burg’ulash maydonchasi, boshni aylantiradigan balandlikdagi faoliyat –dovyurak va kuchlilar shaxslar uchundir.

Yuqorida ishlovchi — bu shamdonga shamlarni joylashtirish yoki iskanani tushirishda BQ yuqori qismiga shamdondagi shamni ko’tarish bilan shug’ullanuvchi yordamchidir. Uning ishi oson emas. Bu kasb egasi o’ta bardoshli, nihoyatda e’tiborli va sanoat xavfsizligi texnikasi bo’yicha zarur ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishi kerak.

Vazifalari haqidagi savolga javob berar ekan, Ibrohim Ergashevich ularning tushirish-ko’tarish operatsiyalarida yuqoridagi ishlarni bajarishdan iboratligini ta’kidladi.  U shuningdek, burg’ulash va mustahkamlovchi quvurlarni yotqizish, burg’ulash kolonnasining tubini yig’ish va boshqa shunga o’xshash ishlarda qatnashdi.

Ibrohim Ismoilovning so’zlariga ko’ra, tushirish-ko’tarish operatsiyalarida ishtirok etish uning burg’ulash maydonchasidagi eng yaxshi ko’rgan ishidir.

Bo’sh vaqtga kelsak, qahramonimiz uni oila a’zolari va yaqinlari davrasida, shu bilan birga sport haqidagi kitoblarni o’qish bilan o’tkazishni afzal ko’radi.

“Baxt-anchayin mavhum tushunchadir va u o’z ichiga ko’plab asoslarni qamrab oladi, bu esa har bir odamda o’ziga xosdir. Men uchun baxt-bu oilam yonida bo’lish, yaqinlarimga g’amxo’rlik qilish, ularni asrashdir. Va albatta, ERIELL guruhining gullab-yashnashi hissa qo’shuvchi sevimli ishim bilan shug’ullanishdir”,- deb so’ziga yakun yasadi Ibrohim Ergashevich.