February 24

#НашиЛица: в кадре — Александр Шин

#НашиЛица: в кадре — Александр Шин

ERIELL Group продолжает знакомить вас со своими сотрудниками в рубрике «Наши лица». Сегодня наш герой — Шин Александр Юрьевич.

Александр Шин работает бухгалтером ДП ERIELL SERVICE, начал свою трудовую деятельность в компании в сентябре 2015 года.

В его обязанности входит ведение бухгалтерского учёта, осуществление приёма и контроля первичной документации по соответствующим участкам и подготовка их к счётной обработке, а также разработка рабочего плана счетов.

Как поделился наш герой, работая в ERIELL, он обрёл колоссальный опыт и нашёл новых друзей. Кроме того, эта работа позволила Александру развить спортивные навыки — он входит в состав сборной ERIELL по футболу. Среди достижений — первое место команды в «Fair Play Uzbekistan Business Cup 2021», а также в «Eriell Cup 2021».

«Я рад, что выбрал эту профессию и компанию. Здесь я познакомился с замечательными людьми, многому научился и надеюсь развиваться дальше. Для меня самое ценное в работе — уверенность, что твой вклад в развитие организации огромен», - говорит наш герой.

Александр считает себя счастливым человеком, он всегда полон надежды и веры в лучшее.

«Я всегда настроен оптимистично и смотрю на жизнь сквозь призму счастья. У меня много источников радости, самые главные из которых — семья, близкие друзья, любимая работа и хобби».

#BizningQiyofalar: kadrda — Aleksandr Shin

ERIELL Group «Bizning qiyofalar» ruknida sizlarni o‘z xodimlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi qahramonimiz — Shin Aleksandr Yur'evich.

Aleksandr Shin ERIELL SERVICE ShKda buxgalter bo‘lib ishlaydi. U kompaniyadagi ish faoliyatini 2015 yil sentyabrida boshlagan.

Uning majburiyatlariga buxgalteriya hisobini yuritish, tegishli uchastkalar bo‘yicha dastlabki hujjatlar qabuli va nazoratini amalga oshirish, ularni hisob-kitob ishloviga tayyorlash, shuningdek hisoblarning ish rejasini ishlab chiqish kiradi.

Qaxramonimizning qayd etishicha, ERIELLda ishlash asnosida u juda katta tajriba va yangi do‘stlar orttirdi. Bundan tashqari, bu ish Aleksandrga sport ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini ham taqdim etdi — u ERIELLning futbol bo‘yicha terma jamoasi tarkibida. Uning yutuqlari orasida jamoaning «Fair Play Uzbekistan Business Cup 2021», shuningdek «Eriell Cup 2021»da birinchi o‘rinni egallaganini e'tirof etish mumkin.

«Men ushbu kasb va kompaniyani tanlaganimdan xursandman. Bu yerda men ajoyib insonlar bilan tanishdim, ko‘p narsalarni o‘rgandim va bundan keyin ham rivojlanish istagidaman. Men ishda eng qadrlaydigan narsa — bu kompaniya taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz beqiyos ekaniga bo‘lgan ishonchdir», - deydi qahramonimiz.

Aleksandr o‘zini baxtli inson deb hisoblaydi, u doimo orzu-umidlarga to‘lib, ezgulikka ishonib yashaydi.

«Men tabiatan optimistman va hayotga hamisha baxt kesimidan boqaman. Quvonish uchun sabablarim ko‘p, ularning eng asosiylari oilam, yaqin do‘stlarim, sevimli ishim va xobbiimdir».