July 7

Выходит книга-альбом «Собрание Бухарского Государственного музея-заповедника»

Выходит книга-альбом «Собрание Бухарского Государственного музея-заповедника»

Мультимедийный проект «Культурное наследие Узбекистана» при поддержке ERIELL Group выпускает еще одну книгу-альбом, рассказывающую о ценных реликвиях, принадлежавших эмирам Бухары.

Книга-альбом «Собрание Бухарского Государственного музея-заповедника» будет презентована на VI Конгрессе Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана этим летом 2022 года.

В книге представлены уникальные раннесредневековые росписи из древнего городища Варахши. Сегодня это городище археологический памятник, часть древнего поселения, на территории которого находилась резиденция бухархудатов, правивших в Бухарском оазисе до арабского завоевания.

Также на страницах книги можно увидеть богатейшею коллекцию предметов быта Бухарских эмиров, свидетельствующую о высоком уровне придворного искусства Бухарского эмирата конца XIX начала XX в.

Кроме того, в книге показаны лучшие образцы предметов искусства Бухарского Государственного музея-заповедника – одного из старейших учреждений культуры Узбекистана.

Музей-заповедник создан в 1922 году на основе коллекции ценных предметов, принадлежавших эмирам Бухары. Сегодня музей имеет в своей структуре 16 филиалов и две постоянные выставки. В разделах книги-альбома можно познакомиться с наиболее интересными экспозициями.

Как отметил автор и руководитель проекта, Председатель правления Всемирного общества по изучению, сохранению и популяризации культурного наследия Узбекистана Фирдавс Абдухаликов, созданный еще в 1922 году на основе коллекции ценных предметов, принадлежавших бывшим эмирам Бухары, ныне музей-заповедник включает в свою структуру 16 филиалов и две постоянные выставки. Разделы книги-альбома дают представление об экспозициях наиболее интересных из них.

Это экспозиции Областного краеведческого музея, расположенного в крепости Арк, музея декоративно прикладного искусства «Ситораи Мохи-Хосса», Музея изобразительных искусств в бывшем Азовско-Донском банке, Дома-музея Файзуллы Хождаева, Музея истории искусства каллиграфии Бухары, Музея ковроделия.

Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomi nashr etilmoda

“O‘zbekiston madaniy merosi” multimedia loyihasi ERIELL Group ko‘magida Buxoro amirlariga tegishli bo‘lgan qimmatbaho yodgorliklar haqida hikoya qiluvchi navbatdagi kitob-albomni nashr etmoqda.

“Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami” kitob-albomi O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyatining 2022-yil yozida bo‘lib o‘tadigan VI Kongressida taqdim etiladi.

Kitobda ilk o‘rta asrlarga oid qadimiy Varaxshi manzilgohidagi noyob rasmlar taqdim etilgan. Bugungi kunda ushbu maskan arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Qadimiy aholi punktining bir qismida arablar istilosidan oldin Buxoro vohasida hukmronlik qilgan buxorxudotlar qarorgohi joylashgan.

Shuningdek, kitob sahifalarida Buxoro amirlarining uy-roʻzgʻor buyumlari toʻplamini koʻrish mumkin. To'plamdan joy olgan buyumlar Buxoro amirligining XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi saroy sanʼati yuksak darajada boʻlganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, kitobda O‘zbekistondagi eng qadimiy madaniyat maskanlaridan biri bo‘lgan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasidagi san’at asarlarining eng yaxshi namunalari keltirilgan.

Muzey-qo‘riqxona 1922-yilda Buxoro amirlariga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlar to'plami negizida tashkil etilgan. Bugungi kunda muzeyning 16 filiali va ikkita doimiy ko'rgazmasi mavjud. Kitob-albomning sahifalarida eng qiziqarli ekspozitsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.

Loyiha muallifi va rahbari, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqovning ma'lum qilishicha, muzey-qo'riqxona 1922-yilda Buxoroning sobiq amirlariga tegishli boʻlgan qimmatbaho buyumlar to'plami asosida yaratilgan, hozirda 16 filial va ikkita doimiy ko‘rgazmani o‘z ichiga oladi. Kitob-albomning bo'limlari ular orasidagi eng qiziqarli ekspozitsiyalar haqida tushuncha beradi.

Jumladan, Ark qal’asida joylashgan Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, Sitorai Mohi Xosa amaliy san’at muzeyi, sobiq Azov-Don banki binosida joylashgan tasviriy san’at muzeyi, Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi, Buxoro xattotlik san’ati tarixi muzeyi, Gilamdo‘zlik muzeyi.