October 24, 2022

Наши Лица: в кадре - Марат Гизатулин

В компании ERIELL Group работают профессионалы и знатоки своего дела. Один из таких сотрудников – Марат Наилович Гизатулин – координатор по буровым растворам Устюртской Экспедиции. Рассказываем о специалисте в еженедельной рубрике #Нашилица.

Свою карьеру в компании Марат Наилович начал в июле 2014 года с должности инженера по буровым растворам. Как признается специалист, он увлекся специальными растворами, когда учился в институте: «Тогда я понял, что буровые растворы являются очень важной и неотъемлемой частью при строительстве скважин».

Сегодня в обязанности нашего героя входит полный контроль за состоянием растворов на объектах Устюртской Экспедиции, организация поставок химических реагентов и материалов для приготовления и обработок бурового раствора, выявление проблем и в пределах своей компетенции принятие мер, направленных на их решение и устранение причин появления.

Безусловно, такая должность требует глубоких познаний химии и геологии, поэтому наш герой сравнивает буровые растворы с живым организмом: «Я всегда сравниваю буровые растворы с кровеносной системой живого организма. Они, как кровь в нашем теле, выполняют важную роль в бурении скважин».

Как специалист с опытом, Марат Наилович рассказал о проектах, в которых принял участие: «Я участвовал при бурении скважин на проектах ЛуОК, УзНГД, NGS, SEG. Получил много опыта и ценных знаний за время работы, познакомился с грамотными и умными специалистами, с которыми очень приятно работать в одной из лучших компаний страны».

Ведя трудовую деятельность, Марат Гизатулин рад быть частью большой и дружной команды: «Работа в ERIELL Group – значит быть частью большой развивающейся международной компании, в которой работают дружелюбные и грамотные специалисты. За время работы я приобрел бесценный опыт и знания, за что хочу сказать огромное спасибо!».

О понятии счастья Марат говорит с особым трепетом: «Счастье – это успех в работе, здоровье родных и моей семьи!».

ERIELL Group kompaniyasida o‘z ishining professionallari va yaxshi biladigan ustalari mehnat qiladi. Ustyurt Ekspedisiyasining burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi – Marat Nailovich Gizatulin ana shunday xodimlardan biridir. #BizningQiyofalar haftalik ruknimizda mutaxassis haqida hikoya qilamiz.

Marat Nailovich kompaniyadagi o‘z faoliyatini 2014 yil iyul' oyida burg‘ulash eritmalari bo‘yicha muhandis lavozimida boshlagan. Mutaxassis e'tirof etishicha, u maxsus eritmalarga institutda tahsil olayotgan vaqtda qiziqqan: «O‘shanda men burg‘ulash eritmalari quduqlar qurilishida eng muhim va ajralmas qismi ekanligini anglaganman».

Ustyurt Ekspedisiyasi ob'ektlarida eritmalar holatini to‘liq nazorat qilish, burg‘ulash eritmalari tayyorlash va qayta ishlash uchun kimyoviy moddalar va materiallarni yetkazib berilishini ta'minlash, muammolarni aniqlash hamda o‘z vakolatlari chegarasida ularni hal etish va yuzaga kelish sabablarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni qabul qilish kabi vazifalar qahramonimizning majburiyatlari sirasiga kiradi.

Shubhasiz, bunday lavozim kimyo va geologiyaga oid chuqur bilimlarni talab etadi, shu bois qahramonimiz burg‘ulash eritmalarini tirik organizmlarga qiyoslaydi: « Men har doim burg‘ulash eritmalarini tirik organizmning qon tomirlariga qiyoslayman. Ular tanamizdagi qon singari quduqlarni burg‘ulashda muhim o‘rin tutadi».

Marat Nailovich tajribali mutahassis sifatida ishtirok etgan loyihalari to‘g‘risida aytib berdi: «Men LuOK, UzNGD, NGS, SEG loyihalarida quduqlarni burg‘ulash jarayonlarida ishtirok etdim. Ish mobaynida ko‘p tajriba va muhim bilimlarga ega bo‘ldim, bilimdon va aqlli mutahassislar bilan tanishdim, ular bilan mamlakatimizdagi eng yaxshi kompaniyalardan birida ishlash juda yoqimli bo‘ldi».

Mehnat foliyatini olib borar ekan, Marat Gizatulin katta va ahil jamoaning qismi ekanligidan mamnun: «ERIELL Groupda ishlash – samimiy va bilimdon mutahassislar ishlaydigan katta rivojlanuvchi xalqaro kompaniyaning qismi bo‘lish demakdir. Ish faoliyatim davomida men muhim tajriba va bilimlarga ega bo‘lganligim uchun katta rahmat aytaman!».

Marat baxt tushunchasi haqida o‘ziga xos hayajon bilan gapiradi: «Baxt – bu ishdagi muvaffaqiyat, yaqinlari va oilamning salomatligidir!».