August 16

Каждый человек в душе – художник

Каждый человек в душе – художник

Живопись можно сравнить со строительством, когда каждый мазок – это кирпичик, из которых получается произведение. В ERIELL Group работает много талантливых людей, среди которых Юлия Некрасова – героиня сегодняшней рубрики #ERIELLТаланты.

Карьеру в компании Юлия Эриковна начала с февраля 2022 года на должности специалиста по документообороту. Работа специалиста связана с большим объемом документов – с момента их получения и до завершения исполнения. Умение оперативно решать задачи и ответственно подходить к рабочим вопросам требуют большой концентрации и внимания. В этом зачастую нашей героине помогают творческие способности.

Рисование на холсте всегда увлекало Юлию, но регулярно пишет картины она с 2021 года: «Я начинала с гуаши и акрила, а что касается любимого направления живописи, то предпочтение отдаю пейзажам».

Интересно, что наша героиня увлечена таким непростым направлением, как правополушарное рисование (творческий процесс, при котором автор намеренно отключает логическое мышление и ориентируется на интуитивное рисование). «Нередко после завершения своей картины удивляюсь тому, какой она получилась красивой», – рассказывает Юлия Некрасова.

Говоря о вдохновении, специалист обращает внимание на свое внутреннее состояние и настроение. Пребывание на природе помогает зарядиться позитивом и воодушевиться на творческий процесс: «Рисовать я больше всего люблю природу и водопады. Они передают необычную игру красок».

Безусловно творческие способности помогают и в работе нашей героине: «Когда картина удается именно такой, какой я и ожидала, у меня поднимается настроение, что позволяет мне замечательно начать рабочий день».

Har bir inson qalbida – rassomdir

Rassomlikni qurilishga qiyoslash mumkin, chunki g‘isht inshoot qurilishida qanchalik zarur bo‘lsa, mo‘yqalam ham san'at asarini yaratishda shunchalik muhim. ERIELL Groupda ko‘plab iste'dodli insonlar mehnat qiladi, ular orasida bugungi #ERIELLШstedodlari rukni qahramoni Yuliya Nekrasova ham bor.

Yuliya Erikovna kompaniyadagi faoliyatini 2022 yilning fevral' oyida hujjat aylanishi bo‘yicha mutaxassis sifatida boshlagan. Mutaxassisning ishi hujjatlar qabul qilingan paytdan boshlab ular bajarilishiga qadar katta hajmdagi hujjatlar bilan bog‘liq. Muammolarni tezda hal qilish va ish masalalariga mas'uliyat bilan yondashish qobiliyati katta diqqat va e'tiborni talab qiladi. Bunday hollarda qahramonimizga ijodiy qobiliyatlari yordamga keladi.

Matoga rasm chizish Yuliyani doimo hayratda qoldirgan, u 2021 yildan beri muntazam ravishda rasm chizish bilan shug‘ullanib keladi: «Men rasm chizishni guash va akrildan boshlaganman, yoqtirgan rasm yo‘nalishimga kelsak, peyzashni afzal ko‘raman».

Qizig‘i shundaki, bizning qahramonimiz o‘ng miyani chizish (muallif ataylab fikrlashni o‘chirib, intuisiyaga asoslangan holda chizishga e'tibor beradigan ijodiy jarayon) kabi murakkab yo‘nalishga ishtiyoqi kuchli. «Ko‘pincha rasmimni tugatganimdan so‘ng, uning chiroyli chiqqaniga hayron qolaman», – deya hikoya qiladi Yuliya Nekrasova.

Ilhom haqida so‘z borganda mutaxassis o‘zining ichki holati va kayfiyatiga e'tibor qaratadi. Tabiat qo‘ynida bo‘lish ijobiy his-tuyg‘ulardan quvvat olish va ijodiy jarayondan ilhomlanishga yordam beradi: «Men tabiat va sharsharalarni chizishni yaxshi ko‘raman. Ular ranglarning g‘ayrioddiy o‘yinini yetkazib beradi».

Darhaqiqat, ijodiy qobiliyat qahramonimizning ishida ham yordam beradi: «Chizgan rasmim kutganimdek chiqsa, kayfiyatim ko‘tarilib, menga ish kunini ajoyib tarzda boshlashga imkon beradi».