January 23, 2023

Наши Лица: В кадре - Зафар Болтаев

Профессия энергетик — сложная и кропотливая. Специалист в этой области должен иметь математический склад ума, принимать решения и нести за них ответственность. Он отвечает за организацию бесперебойного энергоснабжения производства. Сегодня герой рубрики #НашиЛица – главный энергетик Сурхандарьинской экспедиции Зафар Рашидович Болтаев.

В ERIELL Group Зафар Рашидович работает с 2017 года. Выбор профессии нашим героем был сделан ещё в школе: «В школьные годы я увлекался физикой, и тема «Электричество» была самой любимой. После школы я поступил в Ташкентский государственный технический университет, где выбрал направление «промышленная энергетика», – рассказывает он.

Сегодня в профессиональные обязанности Зафара Болтаева входит организация правильного и своевременного обслуживания энергетического оборудования и энергосистем, контроль за рациональным расходом электроэнергии на производстве.

Больше всего в своей работе он ценит корпоративную сплоченность и командный дух: «Мне нравится работать в коллективе Сурхандарьинской экспедиции и компании в целом. Здесь есть возможность реализовывать проекты, а также внедрять инновации, которые помогают экономить электроэнергию».

Свободное время специалист любит проводить, занимаясь спортом и чтением. Нашим читателям он рекомендует постоянно развиваться и повышать профессиональный опыт.

Счастье Зафара Болтаева заключается в семейных ценностях и здоровье близких, что служит для него основой для воплощения всех своих планов.

Energetik kasbi — murakkab va mashaqqatli. Bu soha mutaxassisi matematik tafakkurga ega bo‘lishi, qaror qabul qilishi va ular uchun mas'ul bo‘lishi kerak. U ishlab chiqarishni uzluksiz elektr bilan ta'minlanishiga javob beradi. #BizningQiyofalar ruknining bugungi qahramoni – Surxondaryo ekspedisiyasining Bosh energetik Zafar Rashidovich Boltaevdir.

Zafar Rashidovich 2017 yildan buyon ERIELL Group kompaniyasida ishlab keladi. Qahramonimiz kasbini maktab davrida tanlagan: «Maktab yillari fizika bilan shug‘ullanardim, “Elektr toki” mavzusi esa menga juda yoqardi. Maktabdan so‘ng, Toshkent davlat texnika universitetiga o‘qishga kirdim, u yerda men “sanoat energetikasi” yo‘nalishini tanladim», – hikoya qiladi u.

Bugungi kunda Zafar Boltaevning kasbiy vazifalariga energetika uskunalari va energiya tizimlariga to‘g‘ri va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, ishlab chiqarishda elektr energiyasining oqilona sarflanishini nazorat qilish kiradi.

U ishida hammasidan ko‘p korporativ birdamlikni va jamoaviy ruhni qadrlaydi: «Menga Surxondaryo ekspedisiyasi jamoasida va umuman kompaniyada ishlash yoqadi. Bu yerda loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, elektr energiyasini tejashga yordam beradigan innovasiyalarni joriy etish imkoniyati mavjud».

Mutaxassis bo‘sh vaqtini sport bilan shug‘ullanish hamda kitob o‘qish bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. U bizning o‘quvchilarimizga kasbiy tajribasini doimiy ravishda oshirish va rivojlantirishni tavsiya qiladi.

Zafar Boltaevning baxti oilaviy qadriyatlar va yaqinlarining salomatligidadir, bu esa uning barcha rejalarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.