May 9, 2022

ERIELL Group поздравила ветеранов с Днем памяти и почестей

ERIELL Group поздравила ветеранов с Днем памяти и почестей

Ежегодно Группа компаний ERIELL поздравляет ветеранов Второй Мировой Войны с Днем памяти и почестей в регионах Республики Узбекистан. В этом году, по традиции, в преддверии знаменательного праздника представители ERIELL при участии Министерства Обороны и военного оркестра Академии Вооруженных Сил Республики Узбекистан поздравили 33-х ветеранов Второй Мировой Войны в Ташкенте.

День памяти и почестей в Узбекистане – тот самый день, когда в каждой семье с благодарностью вспоминают своих героев. Те страшные события затронули почти каждую семью Узбекистана, в годы Второй Мировой Войны на фронт отправились более 1.5 миллиона наших соотечественников, 500 000 из них погибли или пропали без вести. Многие из них добровольно поступали на военную службу и после ее окончания трудились во благо восстановления и ликвидации последствий на своей родине.

К сожалению, с каждым годом остается все меньше тех, кого можно лично поздравить и поблагодарить за мирную жизнь на родной земле.

Анна Георгиевна Каримова не может сдержать слез, вспоминая о войне и своих однополчанах. Прошло 77 лет с окончания тех страшных событий, но боль о её погибших товарищах, только начинавших тогда жизнь, не стихает до сих пор. Когда началась война Анне было всего 17. Сегодня, когда Анна Георгиевна на пороге своего столетия, в ее глазах все еще можно увидеть задор молодой девушки, чью юность опалила война. Не случайно, первое, что спросила Анна Георгиевна у своей внучки, встречающей гостей от ERIELL Group – это в порядке ли её прическа. Трогательной и волнующей оказалась эта встреча, вечно молодая в душе Анна Каримова многое успела поведать своим гостям, плакала – вспоминая прошлое, улыбалась – думая о настоящем, смеялась, принимая от гостей комплименты. Для всех присутствующих она стала олицетворением женственности и героизма.

Тех, кого в этом году посчастливилось поздравить с Днем памяти и почестей, война застала очень молодыми. И в этих недолгих праздничных встречах, каждый говорил о том, как она его поменяла. Как самый тяжелый для себя урок тех страшных событий, один из ветеранов вспоминает то, что в свои 18 лет ему приходилось писать «похоронки» родственникам своих однополчан. Для других до сих пор памятны голоса раненных в госпиталях, которые больше всего говорили о семьях, о том, что будет с их детьми, если не придётся вернуться с этой войны.

Эти праздничные встречи со слезами на глазах значат очень многое как для ветеранов, так и для сотрудников ERIELL Group, которые поздравили каждого и передали подарки для праздничного застолья в кругу семьи, слушали трогательные рассказы, желали здоровья и от всей души благодарили за несокрушимый дух, за пример чести и достоинства, за возможность жить в мире и спокойствии.

ERIELL Group поздравляет всех с Днём памяти и почестей и желает крепкого здоровья, благополучия, мирного неба и неиссякаемой веры в светлое будущее Узбекистана! Пусть никогда не будут забыты наши герои и их подвиги во имя мира и спокойствия нашей страны!

Toshkentda ERIELL Group kompaniyasi faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bilan taabrikladi

Har yili ERIELLkompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘ylab Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Bu yil an'anaga ko‘ra, muhim bayram arafasida ERIELL vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamrohligida Toshkentdagi 33 ta Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisini bayram bilan tabrikladi.

O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kunida har bir oilada o‘z qaxramonlarini yodga oladilar. O‘sha mash'um kunlar hech bir o‘zbek xonadonini chetlab o‘tmadi, Ikkinchi Jahon urushi yillarida 1.5 million vatandoshimiz frontga otladi. Ularning 500 000 tasi halok bo‘ldi yoki dom-daraksiz yo‘qoldi. Ularning ko‘pchiligi harbiy xizmatga ko‘ngilli bo‘lib kirib, urush tugagandan keyin o‘z yurtida urush oqibatlarini tugatish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.

Afsuski, yildan yilga Vatanimizning musaffo osmoni va tinch hayoti uchun minnatdorchilik bildirishimiz kerak bo‘lgan insonlar safi kamayib bormoqda.

Anna Georgievna Karimova urush va o‘z quroldoshlari xaqida eslaganda, ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaydi. O‘sha dahshatli kunlar tugaganiga ham 77 bo‘libdi, ammo yoshgina halok bo‘lgan do‘stlar xotirasi hamon yurakda og‘riq beradi. Urush boshlanganda Anna 17 yoshda edi. Bugun Anna Georgievna bir asrlik yosh bo‘sag‘asida turibdi, biroq uning yuragida hamon o‘sha, urush yoshligini kuydirgan yoshgina qizaloq yashaydi. ERIELL Group dan kelayotgan mehmonlar xaqida eshitgan Anna Georgievnaning nabirasiga bergan birinchi savoli ham o‘zining ko‘rinishi qanday ekanligi to‘g‘risidagi savol bo‘ldi. Bu uchrashuv hissiyotga boy va hayajonli bo‘ldi, Anna Karimova o‘z mehmonlariga ko‘p narsa xaqida so‘zlab berdi, o‘tmishni yodga olib ko‘zlari yoshlandi, bugungi kun xaqida so‘zlab tabassum qildi, mehmonlarning maqtovlariga shodon kulib, javob berdi. Shu yerda barcha hozir bo‘lganlar uchun u ayollik nafosati va qahramonlik timsoli edi.

Bu yil Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklangan insonlarning aksariyati urush boshlanganda juda yosh, navqiron bo‘lgan. Bu qisqa bayram uchrashuvlarida ularning har biri urush qanchalik insonni o‘zgartirib yuborgani to‘g‘risida so‘zladi. Faxriylardan biri 18 yoshida o‘z quroldoshlari uchun ularning oilalariga “qora xat” yozganini alam bilan xotirlaydi. Boshqalar uchun esa gospitalda yaralanganlarning ohu-nolalari, ularning oilalari to‘g‘risidagi so‘zlari hamon quloqlarida jaranglaydi. Ular agar urushdan qaytmasa, yaqinlari qanchalik qiynalishini so‘zlardilar.

Ko‘zlarda yosh bilan nishonlanadigan bu bayram kunlari faxriylar uchun ham, oilaviy bayram dasturxoni uchun sovg‘alar keltirgan, ta'sirchan hikoyalarni tinglab, sog‘lik tilagan va chin yurakdan minnatdorlik bildirgan ERIELL Group xodimlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Ularning metin irodasi, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xotira, ularning pok vijdoni va qadri, tinch osmon ostida yashash imkoniyati uchun ulardan har qancha minnatdor bo‘lsak ham oz!

ERIELL Group Xotira va qadrlash kuni bilan qutlaydi! Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik, tinch -musaffo osmon va O‘zbekistonning yorqin istiqboliga ishonch tilab qolamiz! Qaxramonlarimiz va ularning Vatanimiz tinchligi va ozodligi yo‘lidagi jasorati hech qachon unutilmaydi!