April 3, 2023

При поддержке ERIELL вышла еще одна книга «Вышивка и ковры Узбекистана в зарубежных собраниях»

При поддержке ERIELL вышла еще одна книга «Вышивка и ковры Узбекистана в зарубежных собраниях»

Настоящие любители и ценители узбекского текстиля встречаются по всему миру. Даже на Гавайях хранятся уникальные образцы узбекских тканей. О коллекционерах, собирающих по всему миру образцы узбекского искусства, можно узнать в книге «Вышивка и ковры Узбекистана в зарубежных собраниях» серии «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира», деятельность которого поддерживает ERIELL Group.

Дорис Дьюк – американский коллекционер и филантроп. С юности она питала слабость к исламскому искусству. На протяжении всей своей жизни мисс Дьюк собирала предметы восточного искусства, многие из которых выставляла в музее Шангри Ла, в Гонолулу (Гавайи).

В ее коллекции около 2500 экспонатов, привезенных из Ирана, Сирии, Марокко, Индии. Среди них – 15 старинных сюзане. Они были куплены коллекционером в период с 1935 по 1960 годы.

Сюзане были подобраны по ее личному вкусу. На фотографиях, сделанных в 1939 году, видно, что сюзане использовались для украшения ее дома, так как они висели во внутреннем дворе, а также служили покрывалами для диванов.

Коллекция остается в неприкосновенности в музее Шангри Ла, созданном под эгидой Фонда исламского искусства им. Дорис Дьюк. Познакомиться с коллекцией и другими коллекционерами можно в книге «Вышивка и ковры Узбекистана в зарубежных собраниях» серии «Культурное наследие Узбекистана в собраниях мира».

ERIELL ko‘magida “O‘zbekiston kashtachiligi va gilamlari xorijiy to‘plamlarda” nomdagi yana bir kitob nashr etildi.

O‘zbek to‘qimachiligining haqiqiy ihlosmandlari va qadrlovchilari butun dunyoda topiladi. Hatto Gavaya orollarida ham o‘zbek matolarining noyob namunalari saqlanadi. Dunyo bo‘ylab o‘zbek san'ati namunalarini to‘playotgan kolleksionerlar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston kashtachiligi va gilamlari xorijiy to‘plamlarda” kitobida bilib olish mumkin. ERIELL Group uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Doris D'yuk – Amerikalik kolleksioner va sahovatpesha inson. U yoshligidan islom san'atini yaxshi ko‘rar edi. Miss D'yuk butun hayoti davomida sharq san'ati buyumlarini to‘plab, ulardan ko‘pini Gonolulu (Gavayi) dagi Shangri La muzeyida ko‘rgazmaga qo‘ygan. Uning kolleksiyasida Eron, Suriya, Marokash, Hindistondan olib kelingan 2500 ga yaqin eksponatlar o‘rin olgan. Ular orasida– 15 ta qadimiy so‘zanalar bor. Ular kolleksioner tomonidan 1935-1960 yillar davrida sotib olingan.

So‘zanalar uning shaxsiy dididan kelib chiqib tanlangan. 1939 yilda olingan fotosuratlarda so‘zanalar ichki hovlida osilgan bo‘lib, uning uyini bezash uchun ishlatilganligini, shuningdek, divanlar uchun choyshab sifatida xizmat qilganini ko‘rish mumkin.

Kolleksiya Doris D'yuk nomidagi Islom san'ati jamg‘armasi rahbarligida yaratilgan Shangri La muzeyida daxlsiz bo‘lib qolmoqda. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston kashtachiligi va gilamlari xorijiy to‘plamlarda” kitobida kolleksiya va boshqa kolleksionerlar bilan tanishish mumkin.