February 2, 2022

Пять шагов к безопасности

Пять шагов к безопасности

Группа ERIELL неустанно заботится о безопасности своих сотрудников на местах производства. В настоящее время компания внедряет программу «Пять шагов к безопасности», разработанную специалистами Управления промышленной безопасности, охраны труда и ООС. Программа рассчитана на весь год.

Цель программы — работать безопасно и без травм на рабочем месте. Главная задача, которую преследуют специалисты Управления безопасности — научить каждого сотрудника предвидеть и устранять опасные ситуации.

Специалисты компании в своей программе выделили пять шагов к безопасности:
1. Сделать паузу и продумать работу
2. Определить опасности и возможные последствия
3. Решить, как защитить от опасности себя и других
4. Решить, что делать в экстренных случаях
5. Принять решение о возможности начинать или продолжать работу

По словам сотрудников Управления безопасности, каждый рабочий и руководитель должен выполнять свою работу в соответствии с правилами техники безопасности. Кроме того, важно также научиться предотвращать риск опасных ситуаций, а для этого нужно следовать элементарным правилам:
1. Не приступать к работе и обратиться к врачу при недомогании
2. Использовать средства индивидуальной защиты (Спец обувь по сезону, спец одежда, защитные перчатки и очки, защитная каска с подбородочным ремешком)
3. Соблюдайте скоростной режим и использовать ремни безопасности
4. Не допускать загрязнения земель и водных объектов углеводородами, опасными жидкостями и отходами
5. Не находиться в зоне возможного падения груза
6. Используйте защиту от падения при работе на высоте
7. Не обслуживать и не ремонтировать подключённое к источнику энергии оборудование

Группа ERIELL намерена и дальше совершенствовать требования к технике безопасности и обучать своих сотрудников.

Xavfsizlik sari beshta qadam

ERIELL Guruhi ishlab chiqarish ob'ektlaridagi xodimlar xavfsizligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilib keladi. Hozirgi vaqtda kompaniya tomonidan Sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan «Xavfsizlik sari beshta qadam» dasturi joriy etilmoqda. Dastur butun yilga mo‘ljallangan.

Dasturning maqsadi ish joyida xavfsiz va jarohatlarsiz ishlashdan iborat. Xavfsizlik boshqarmasi mutaxassislari o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad har bir xodimni xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish va bartaraf etishga o‘rgatishdan iborat.

Kompaniya mutaxassislari o‘z dasturida xavfsizlik sari beshta qadamni belgilab bergan:
1. Tanaffus qilib, ishni o‘ylab olish
2. Xavfsizlik va yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlarni aniqlash
3. Qanday qilib o‘zi va boshqalarni xavfdan himoya qilish kerakligini hal qilish
4. Favqulodda holatlarda nima qilish kerakligini hal qilish
5. Ishni boshlash yoki davom ettirish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish

Xavfsizlik boshqarmasi xodimlari so‘zlariga ko‘ra, har bir ishchi va rahbar o‘z ishini texnika xavfsizligi qoidalariga muvofiq bajarishi lozim. Bundan tashqari, xavfli vaziyatlar xavfining oldini olishni ham o‘rganish muhim, buning uchun esa oddiy qoidalarga rioya qilish lozim:
1. O‘zini yomon his qilganda ishga kirishmaslik va shifokorga murojaat qilish
2. Shaxsiy himoya vositalari (mavsumiy maxsus oyoq kiyim, maxsus ish kiyimi, himoya qo‘lqoplari va ko‘zoynagi, iyak tasmali himoya kaskasi)dan foydalanish
3. Tezlik rejimiga rioya qilish va xavfsizlik kamaridan foydalanish
4. Yerlar va suv ob'ektlarining uglevodorodlar, xavfli suyuqliklar va chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik
5. Yuk tushib ketishi mumkin bo‘lgan hududda bo‘lmaslik
6. Yuqorida ishlagan vaqtda yiqilishdan himoya vositasidan foydalanish
7. Energiya manbasiga ulangan uskunaga xizmat ko‘rsatmaslik va ta'mirlamaslik

ERIELL Guruhi bundan keyin ham texnika xavfsizligiga qo‘yilgan talablarni takomillashtirish va bunga xodimlarini o‘qitish niyatida.