December 13, 2022

Наши Лица: в кадре - Амир Рафиев

Мы продолжаем рассказывать о сотрудниках компании в нашей традиционной рубрике #НашиЛица. Знакомьтесь - Амир Муминович Рафиев, контролер-ревизор ERIELL Group.

Его деятельность в Группе компаний началась сравнительно недавно – год назад, в должности комплектовщика склада.

Утро нашего героя начинается с бодрящей зарядки. Затем в офисе идет планирование предстоящих мероприятий текущего дня. В первую очередь Амир Муминович просматривает ранее начатые дела и продумывает очередность последующих. В ходе совещаний с участием руководства он отчитывается по ранее выполненным заданиям и принимает новые. После чего выделяет основные задачи, определяет приоритетные и приступает к их решению.

Основными обязанностями специалиста являются внедрение ордерной системы учета товаров на буровых площадках (оперативный учет для просмотра остатков онлайн), а также анализ этого учета и действий по нему.

Также в ходе работы наш коллега обучает мастеров буровых объектов работе по программе 1С – ордерной системы учета товаров. Помимо этого, Амир Муминович периодически проверяет правильность ведения учета запасов компании на складах.

Своей главной миссией наш герой считает добросовестное и качественное выполнение поставленных задач и должностных обязанностей, а также постоянное совершенствование навыков и получение полезного опыта для дальнейшей деятельности.

Отмечая самое важное для себя при работе в компании, Амир Муминович говорит о перспективах карьерного роста, обучении новым навыкам, коммуникации с разными людьми, большом опыте работы, интересных задачах. Эти направления вместе с аналитическим складом ума, знанием типовых бизнес-процессов качества и присущей нашему герою аккуратностью, позволяют ему работать на результат.

Свой рабочий день Амир Муминович заканчивает отчетом о проделанной работе руководителям, а также составляет краткий распорядок на следующий день.

В свободное время наш герой старается больше отдыхать и проводить время с семьей, а также встречаться с друзьями, читать книги и заниматься спортом.

«Главным аспектом счастья для меня является здоровье близких, улыбка матери, гордость отца и благосостояние моей семьи», – говорит Амир Рафиев.

Biz #BizningQiyofalar an'anaviy ruknimizda kompaniya xodimlari haqida hikoya qilishni davom ettiramiz. Tanishing - ERIELL Group kompaniyasining nazoratchi-revizori Amir Muminovich Rafiev. Uning kompaniyalar guruhidagi faoliyati yaqindagina-bir yil avval, ombor taxlovchisi lavozimida boshlangan.

Qahramonimiz tongni tetiklashtiruvchi mashqlar bilan boshlaydi. So‘ngra ofisda joriy kunning bo‘lajak tadbirlarini rejalashtiradi. Amir Muminovich eng avval boshlangan ishlarni ko‘zdan kechiradi va keyingi ishlarning ketma-ketligini o‘ylab chiqadi. Rahbariyat ishtirok etgan yig‘ilishlarda avval bajarilgan topshiriqlar bo‘yicha hisobot beradi va yangilarini qabul qiladi. Shundan so‘ng, u asosiy vazifalarni ajatadi, ustuvorlarini belgilaydi va ularni hal qilishga kirishadi.

Mutaxassisning asosiy vazifalari burg‘ulash maydonlaridagi tovarlarni hisobga olishning buyurtma tizimini joriy etish(qoldiqlarni onlayn ko‘rish uchun operativ hisob), shuningdek, mazkur hisob-kitobning tahlili va unga muvofiq harakat qilish hisoblanadi.

Shuningdek, ish jarayonida hamkasbimiz burg‘ulash ob'ektlari ustalarini 1S dasturi-tovarlarni hisobga olishning buyurtma tizimi bo‘yicha ishlashga o‘rgatadi. Bundan tashqari, Amir Muminovich vaqti-vaqti bilan kmpaniyaning omborxonalardagi zahiralarini hisobga olish to‘g‘ri borayotganini tekshirib boradi.

Qahramonimiz o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar va lavozim majburiyatlarini vijdonan va sifatli bajarish, shuningdek, mahoratini doimiy oshirib, kelgusi faoliyati uchun foydali tajriba orttirishni o‘zining asosiy vazifasi deb biladi.
Amir Muminovich kompaniya ishidagi eng muhim jihatlar haqida gapirar ekan, martaba istiqbollari, yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, turli insonlar bilan muloqot qilish, katta ish tajribasi, qiziqarli topshiriqlarni bajarish kabi yo‘nalishlarni qayd etib o‘tadi.

Ushbu sohalar mantiqiy fikrlash, namunaviy sifat biznes jarayonlarini bilish va qahramonimizga xos bo‘lgan batartiblik bilan birgalikda unga natija uchun ishlashga imkon beradi.

Amir Muminovich ish kunini rahbarlarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish bilan yakunlaydi hamda ertangi kun uchun qisqacha jadvalni tuzadi.

Qahramonimiz bo‘sh vaqtida ko‘proq dam olishga va vaqtini oila davrasida o‘tkazishga, shuningdek, do‘stlar bilan uchrashib, kitob o‘qishga va sport bilan shug‘ullanishga harakat qiladi. «Men uchun baxtning asosiy ko‘rinishi-yaqinlarimning salomatligi, onamning tabassumi, otamning faxrlanishi va oilamning farovonligidir», – deydi Amir Rafiev.